frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha)

08.10.2024   23361   1 min.
Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha)

Yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ham dinimiz talabi, ham milliy qonunlarimiz in’ikosidir. Zero, Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimiz haqlariga rioya qilmagan kishi bizdan emas», deb marhamat qilganlar (Imom Abu Dovud rivoyati). 

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov poytaxtimizdagi Ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurib, u yerda doimiy yashayotgan o‘zgalar ko‘magiga muhtoj keksa otaxonu onaxonlar holidan xabar oldilar. 
Abduqahhor domlani Farangiz Akramova kutib oldi. 

Vazirlar Mahkamasining "Keksalar haftaligi" doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir yoshi ulug‘larimizni mamnun etmoqda. 

Shundan so‘ng otaxonu onaxonlar e’zozu ehtirom ila maxsus avtobuslarda «Tashkent city» ko‘ngilochar maskaniga olib borilib, sayohat uyushtirildi.

Yoshi ulug‘ insonlar poytaxtimizning qoq markazidagi obod maskanlarni aylanib, tomosha qilib, ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodlik ishlariga yuksak baho berib, bu ezgu ishlarning boshida turgan aziz insonlarning haqlariga xayrli duolar qildilar.

So‘ngra aziz mehmonlar «Rayhon» milliy taomlari oshxonasida tushlik qilishdi. 

Avtobuslarda yoshi ulug‘ insonlar yana o‘z manzillariga yetib olishdi. Ularga Toshkent shahar vakilligi jamoasi tomonidan sovg‘alar, hadyalar ulashildi.

Ha, keksalarimizning holidan xabar olish, ularning xizmatini qilish – katta savob. Chunki bir insonning ko‘nglini ko‘tarish, og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishdan banda-ku sevinadi, Yaratgan ham rozi bo‘ladi.

Alloh taolo xayrsevar insonlardan rozi bo‘lsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati
 

Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha) Keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat (Fotolavha)
INFOGRAFIKA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

18.08.2026   28784   1 min.
Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.


“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.


Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi
O'zbekiston yangiliklari