Islom ilmlari xalqaro universiteti, hanafiy fiqhi fakulteti mudiri, ustoz doktor Saloh Muhammad Solim Abul Haj Iordaniya davlatining Ummon shahridagi Suvaylih mintaqasida 1974 yilda tug‘ilgan.
2002 yili Bag‘dod universitetining shariat fakultetida hanafiy fiqhi bo‘yicha oliy baho bilan doktorlik darajasini olgan.
2006 yili Iordaniyadagi Balqo amaliy universitetining usulud din fakultetida yordamchi ustoz vazifasini egallagan.
2011 yili Iordaniyadagi Islom ilmlari universitetidagi Shariat va qonun fakultetida dots.nt lavozimiga ega bo‘lgan.
2016 yili Iordaniyadagi Islom ilmlari universitetidagi Shariat va qonun fakultetida professor lavozimini egallagan.
Islom ilmlari universitetida chop etilgan bir qancha magistrlik va doktorlik ilmiy ishlarida rahbar sifatida hamkorlik qilgan. Iroq, Hind, Shom va boshqa yurtlarning yirik ulamolaridan Qur’on, hadis, fiqh va boshqa shariat ilmlari bo‘yicha ijozalar olgan.
Turkiya, Falastin, Hind va boshqa yurtlarda tashkil etilgan bir qancha konferensiyalarda ishtirok etgan.
Iordaniyadagi shariat matnlarini qadimiy uslubda o‘rgatishga ixtisoslashgan, birinchi bo‘lib tashkil etilgan “Anvorul ulamo” deb nomlangan o‘quv markazining muassisi.
Hanafiy mazhabiga muvofiq arab tilida fatvo chiqaradigan “Anvorul ulamo” deb nomlangan birinchi bo‘lib tashkil etilgan fatvo markazi muassisi va muftiysi.
Iki yil davomida Ta’lim va tarbiya vazirligida mudarris bo‘lib ishlagan.
Vaqf vazirligi, Xalqaro islom ilmlari universiteti va “Anvorul ulamo” markazlarida tashkil etilgan bir qancha ixtisoslashgan fiqhiy kurslarning rahbari.
Bir qancha kitoblar, ilmiy izlanishlar va ilmiy maqolalarga mualliflik qilgan va ularni tahqiq etgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.
Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.
U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.
Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD