Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Yanvar, 2025   |   4 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:26
Shom
17:10
Xufton
18:30
Bismillah
04 Yanvar, 2025, 4 Rajab, 1446
Yangiliklar

Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

14.10.2024   1892   1 min.
Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli anjumanga dunyoning turli davlatlaridan ishtirok etuvchi islom olamining yetuk ulamolarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori, doktor Mahmud Misriy bilan Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, doktorant va talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

O'zXIA rektorining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
 

Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi mudiri Mahmud Misriy bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

4.01.2025   2385   2 min.
Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

HAROM OYLARDA RO‘ZA TUT!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, deb uch barmoqlarini bukib ochib ko‘rsatdilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

HADIS SHARHI

Ulamolar hadisni bunday sharhlaydilar: “Ushbu harom oy (ashhurul hurum)larda ro‘za tutishga da’vat etadi va uch kun ro‘za tutib, uch kun qoldirishga ishora qiladi. Rajab oyi ham harom oylardan biri hisoblanadi”.

 

HAROM OYLARI TO‘RTTADIR

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir” (Tavba surasi, 36-oyat).

 

BU OYDA RASULULLOH QANDAY RO‘ZA TUTARDILAR?

Usmon ibn Hakim roziyallohu anhu aytadi: “Said ibn Zubayrdan rajab oyida turganimizda bu oy ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik, deyayotganini eshitganman” dedi.

 

RAJAB OYIDA RO‘ZA TUTUVCHILARGA QASR QURILADI

Abu Qiloba roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida ro‘za tutuvchilar uchun jannatda bir qasr bor”.

 

BIR KUNLIK RO‘ZANING MUKOFOTI

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir banda Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, o‘sha kungi ro‘zasi sababli Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

 

SAHARLIK-IFTORLIK VAQTI

06 yanvar – dushanba

Saharlik vaqti (og‘iz yopish): 06:24
Iftorlik vaqti: (og‘iz ochish) 17:12

 

QANDAY NIYAT QILINADI?

Niyati: Xolis Alloh uchun rajab oyining ro‘zasini tutishni niyat qildim.

 

Davron NURMUHAMMAD