frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi

14.10.2024   7000   4 min.
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Xabaringiz bor, 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xivada «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda yurtimizga zamonamizdagi mo‘tabar ulamolarning tashrifi davom etmoqda. Xususan, Urdun Xalqaro islomiy ilmlar dorilfununining doktori shayx Saloh Abul Hoj hazratlari azim Toshkent shahriga tashrif buyurdilar.

Bugun, 14 oktyabr kuni hanafiy mazhabining zabardast ulamolaridan, shayx Saloh Abul Hoj hazratlari «Hilol Nashr» nashriyot-matbaasini ziyorat qildilar. Yirik olimni nashriyot rahbari, ustoz Ismoil Muhammad Sodiq samimiyat bilan kutib oldilar.

Tashrif davomida shayx Saloh Abul Hoj hazratlarining «Hanafiy fiqhiga teran nigoh» va ayollarga xos nozik masalalarga bag‘ishlangan «Marvaridlar shodasi» asarlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotga muallifning shaxsan o‘zlari, yurtimizning taniqli ulamolaridan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi, Toshkent islom institutining katta ustozi Muhammad Ayyubxon domla Kosoniy, ustoz Mansur Ali Tojimuhammad o‘g‘li, Al-Azhar universitetining Qur’oni Karim va tajvid ustozi Muhammad Favziy qori al Barbariy, Qur’oni Karim xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid«Hanafiy fiqhiga teran nigoh» kitobini ona tilimizga ravon va tushunarli uslubda tarjima qilgan ustoz G‘iyosiddin Habibulloh hamda «Marvaridlar shodasi» asarini tarjima qilib, xalqimizga taqdim etgan zamonamiz muslimalarining peshqadam ustozlaridan Odinaxon Muhammad Sodiq, nashriyot rahbari Ismoljon domla Muhammad Sodiq hamda kitobsevar muxlislar tashrif buyurishdi.

Taqdimotni Nozimjon domla Hoshimjon olib bordilar. Tadbirni ustoz Ismoil domla Muhammad Sodiq ochib berib, tashrif buyurganlarga minnatdorlik izhor qildilar.

So‘ngra ustoz Muhammad Ayyub domla ushbu kitob haqida gapira turib bugungi kunda kitob ustida «Hanafiy mazhabi bo‘yicha» degan jumla bo‘lmasa o‘sha asarning savdosi sust bo‘layotgani, hanafiy mazhabining qadri baland ekanini ko‘pchilik bilib borayotganini bayon qildilar.

Keyin doktor Saloh Abul Hoj hazratlari so‘z olib, taqdim etilayotgan kitobni tolib ilm mutolaa qilib chiqmaguncha to‘laqonli hanafiy mazhabidagi ahli ilm bo‘la olmasligini bildirdilar hamda bu kitobni o‘zini hanafiyman degan har bir musulmon albatta o‘qib chiqishi lozimligini ta’kidladilar. Shuningdek, 1111 ta asardan iborat bo‘lgan hanafiy mazhabiga doir kitoblar bir joyga jamlanib, maxsus dastur tuzilgani e’lon qilindi va uning taqdimoti ham o‘tkazildi. Ushbu dastur dunyoda ilk bora o‘zbek ulamolariga hadya qilindi. Mazkur dasturdan o‘rin olgan ko‘plab asarlarning mualliflari aynan yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar ekani alohida e’tirof etildi. Shu o‘rinda ajdodlarga munosib voris bo‘lish uchun ham hanafiy mazhabini teran o‘rganish va ulamolaring hayotlaridan boxabar bo‘lish zarurligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda «Marvaridlar shodasi» kitobi haqida ham to‘xtalib o‘tdilar. Alloh taoloning izni bilan ayollarga xos nozik masalalarni o‘zbekzabon o‘quvchilarga kitob shaklida taqdim etish baxti ustoza Odinaxon Muhammad Sodiq boshchiligidagi ilmiy jamoaga nasib etdi. Ushbu kitob ikki fasl, to‘rt bobdan iborat bo‘lib, ayollarga tegishli nozik masalalar sodda va ravon uslubda bayon etilgan.

Taqdimot davomida «Hanafiy fiqhiga teran nigoh» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ustoz G‘iyosiddin Habibulloh tarjima jarayoni haqida qisqacha to‘xtalib, «O‘zi hanafiyman deb, ammo shu mazhab haqida ba’zi shubhalarda yurgan kishilar ushbu kitobni o‘qib chiqsalar, qalblaridagi shubha-gumonlardan Allohning izni bilan batamom qutuladilar», deya ta’kidladilar.

Shu o‘rinda «Hanafiy fiqhiga teran nigoh» kitobiga qisqacha ta’rif berib o‘tsak.

Bu kitob to‘rt mazhabning, xususan, hanafiy mazhabining ahamiyatini, uning Islom ummati, musulmonlar hayotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib beradi. Ushbu asar – Ahli sunna val jamoa mazhabining fiqhini, manhajini o‘rganish, dinimizni o‘rganish sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Kitobda hanafiy mazhabining tarixi, shakllanishi va mohiyati bayon qilingan, ayni paytda asrimizning vabosi bo‘lgan fitnaga – mazhabsizlikka qarshi aqliy va naqliy, ilmiy asoslangan, aniq va ishonchli dalillar keltirilgan. Xalqimiz asrlar davomida amal qilib kelayotgan hanafiy mazhabiga bilib-bilmay tuhmat toshlari otilayotgan, mazhabga ergashuvchilar Qur’onu Sunnatga emas, bir shaxsga ko‘r-ko‘rona ergashishda nohaq ayblanayotgan bugungi kunda «Hanafiy fiqhiga teran nigoh» kitobining chop qilinishi davr taqozosi o‘laroq, ayni muddao bo‘ldi.

Tadbir yakunida Al-Azhar universitetining Qur’oni Karim va tajvid ustozi Muhammad Favziy qori al Barbariy Qur’oni Karim oyatlarini bir necha imomlar qiroatida go‘zal savt va ado bilan tilovat qilib, tadbirga yig‘ilganlarning qalblarini xushnud etdilar. Tilovatdan so‘ng doktor Saloh Abul Hoj hazratlari dinimizning rivoji, yurtimizning ravnaqi, xalqimizning farovonligi, insonlarning o‘zaro hamjihatligini so‘rab duolar qildilar.

Manba: https://islom.uz/maqola/22747

«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi «Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobining taqdimoti o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

28.08.2026   82   2 min.
Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga

27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Kirish nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning munosib hissasi haqida alohida ta’kidlandi.

Tantanali tadbir davomida diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Esdalik nishonlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zokirovlar ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va e’tirof ramzidir.

Tadbir yakunida taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini ta’kidladilar.

 Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari