Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446
Yangiliklar

Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi

15.10.2024   2771   1 min.
Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi

Bugun, 15 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “HILTON BAllROOM” mehmonxonasida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. 

Tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi doirasida tashkil etildi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi Nufuzli xalqaro anjuman boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Vafotingdan keyin ham yasha

7.01.2025   1181   1 min.
Vafotingdan keyin ham yasha

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.

Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.

Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.

Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV