Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayxul islom Allohshukur Poshozoda bu nufuzli konferensiya haqida fikrlarini bildirdi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat qurilishida shunday ulug‘vor merosga, boy ma’naviy manba va chuqur mazmunli asosga tayanadiki, bu yutuqlar o‘z nomini tarixga zarhal harflar bilan yozdirib, O‘zbekistonning asrlar davomida cho‘qqida bo‘lishiga mustahkam kafolat beradi. O‘zbekistonning Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Ulug‘bek kabi olimlari, Imom Buxoriy, Termiziy, Moturidiy kabi ulug‘ din peshvolari, Amir Temur va Bobur kabi buyuk sarkardalari, Alisher Navoiy kabi she’riyat ustalari va boshqa ko‘zga ko‘ringan tarixiy shaxslari bashariyat tarixiga beqiyos hissa qo‘shib, islomning ulug‘ madaniy-ma’naviy merosini boyitganlar, shuningdek, Yevropa uyg‘onish davriga turtki berganlar.
Allohga shukrki, islom olami uchun tuganmas xazinaga ega bo‘lgan birodar O‘zbekiston o‘zining qudratli siyosiy yetakchisi boshchiligida tarixiy-ma’naviy missiyasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Boy tarixiy va ma’naviy merosga asoslanib, O‘zbekiston bilan bo‘lgan madaniy-ma’naviy aloqalarni saqlash va rivojlantirish Ozarbayjon uchun ham har doim katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bugungi kunda Prezidentimiz Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi birodarlik rishtalari xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuksaltirishga, jumladan, ma’naviy sohalardagi aloqalarning rivojlanishiga ulkan turtki bermoqda.
Bir xil etnik ildizlarga, o‘xshash tarix va mentalitetga ega bo‘lgan qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishini, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi Ittifoqchilik qarorini beqiyos faxr va iftixor manbai deb hisoblaymiz. Qorabog‘ zaminida O‘zbekiston tomonidan qurib berilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi o‘rta maktabning nafis va muhtasham binosi o‘zbek xalqining qardosh sovg‘asi sifatida Ozarbayjon xalqi uchun nihoyatda azizdir.
Islom olamining ajralmas qismi bo‘lgan, milliy va ma’naviy qadriyatlariga sodiq dunyoviy, namunaviy davlat modellari bo‘lgan O‘zbekiston va Ozarbayjonning dono, global tafakkurga ega davlat yetakchilarining bu yo‘nalishda, shuningdek, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini dunyo miqyosida tanitish, uning qadriyatlarini himoya qilish va islomofobiyaga qarshi kurashishdagi alohida o‘rni bor. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2017 yilni “Islom hamjihatligi yili” deb e’lon qilish qarorini Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom olami uchun zarur deb baholagan va Toshkentda “O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida Islom hamjihatligi” xalqaro konferensiyasini o‘tkazishimizga o‘z xayr-duosini bergan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishi din, ilm va zamonaviylikning uyg‘unlashgan birligi ramzi va rivojini ifodalaydi.
Bugungi nufuzli tadbirni o‘tkazish qarorini Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yuksak minbaridan bayon qilgan edilar. Shukrki, Prezidentning global g‘oya va tashabbusi o‘z samarasini bermoqda va islom dinining gumanistik mohiyatini yuksak darajada taqdim etish nuqtayi nazaridan muhim forum O‘zbekiston mezbonligida amalga oshmoqda.
Ushbu nufuzli konferensiyada Islom olamining mashhur, obro‘li diniy va jamoat arboblari ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, Toshkent forumi Islom olamining manfaatlarini himoya qilish va yuqori darajada taqdim etish yo‘lida o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Qardosh O‘zbekiston ateizm hukmron bo‘lgan davrda islom nurini o‘chirmagan mayoq rolini bajargan. Sovetlar Ittifoqi davrida bu nurga ergashib, 500 yillik tarixga ega bo‘lgan Mir Arab madrasasiga, Toshkent Islom Akademiyasiga yuzlangan avlod vakili sifatida, o‘z vatanim O‘zbekistonning bugungi kunda ham bu missiyani davom ettirayotganidan faxrlanaman.
Yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqi va davlatining rivoji hamda Islom olamining yuksalishi yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyatlariga Allohdan baraka tilayman. Parvardigor davlatlarimizni, Ozarbayjon-O‘zbekiston ittifoqini, xalqlarimizni va dono davlat rahbarlarimizni himoya qilsin! Alloh Taolo Islom olamini, musulmon ummatini doimo ulug‘da barqaror qilsin, yer yuzida tinchlik hukmron bo‘lsin!
N.Usmonova,
manba: O‘zA
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).
Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».
Ya’ni, Allohning va’dasi - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.
«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».
Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar.
«Tafsiri Hilol» kitobidan