Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Mart, 2025   |   5 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:51
Peshin
12:39
Asr
16:33
Shom
18:21
Xufton
19:34
Bismillah
05 Mart, 2025, 5 Ramazon, 1446
Yangiliklar

Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi

16.10.2024   4192   1 min.
Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi

Shu yil 15 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Misr Arab Respublikasi muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod janoblari ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan fatvo yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. 

 Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotganiga urg‘u qaratib, bunda ikki davlat rahbarlarining do‘stona aloqalari turli yo‘nalishlardagi aloqalarning mustahkamlanishiga turtki bo‘layotganini ta’kidladilar. 

Muloqotda ta’lim, ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diniy-ma’rifiy sohalardagi hamkorliklar tobora rivojlanib borayotganini qayd etdilar. 

Xususan, Misr Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib hazratlari, Misr vaqf ishlari vazirligi va Dorul Ifto bilan doimiy aloqalar o‘rnatilganini qayd etdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston zaminida o‘tkazilayotgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli anjumanning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Doktor Nazir Muhammad Ayyod janoblari o‘zaro aloqalar uzoq o‘tmishga borib taqalishini qayd etib, O‘zbekiston Misr uchun muhim ahamiyatga ega mamlakat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bu yurtda Islom dini rivoji uchun hissa qo‘shgan buyuk allomalar yetishib chiqqani, jumladan, ahli sunna val-jamoa ta’limoti asoschilaridan biri Imom Moturidiy, buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabilarning sa’y-harakatlari sabab butun Islom olami XIV asrdan buyon Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hadislaridan bahramand bo‘lib kelayotganini alohida qayd etdi. Nazir Muhammad Ayyod O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni doimo kuzatib borayotgani, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi faoliyati katta ahamiyatga molik ekanini ta’kidladi.

Kelgusida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va diniy soha xodimlari o‘rtasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Jannat ahlining sifatlari qanday bo‘ladi?

5.03.2025   1170   2 min.
Jannat ahlining sifatlari qanday bo‘ladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatga kiradigan ilk toifa tundagi to‘lin oy suratida bo‘ladi, ularning ketidan kiradiganlari samodagi eng porloq yulduzdanda nurafshon holda bo‘ladi, ular bavl qilmaydilar, hojat ushatmaydilar, tuflamaydilar, ular burun ham qoqmaydilar. Ularning taroqlari tillodan, (badanlaridan oqadigan) terlari mushk, tutatqilari “uluvva” yog‘ochi, ularning juftlari huru ’iynlardir. Jannatga kiruvchilarning hammalari bir kishining suratidek otalari Odam alayhissalomning ko‘rinishlarida bo‘lishadi”[1], deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatda bir xonalar borki, ichidan tashi ko‘rinib turadi va tashidan ichi ko‘rinib turadi”, deganlarida, bir a’robiy o‘rnidan turib: “Yo Allohning Rasuli, bu xonalar kim uchun?” deb so‘radi. “So‘zini shirin qilgan, taom ulashgan, ro‘zada bardavom bo‘lgan, odamlar uxlab yotgan tun paytida namoz o‘qigan odam uchundir”[2], dedilar.

Jannatlardagi eng ulkan ne’mat Rahmon – Alloh taoloning jamolini ko‘rishdir. Alloh azza va jalla: Alloh (odamlarni) tinchlik diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur. Ezgu ish qilganlarga go‘zal oqibat va ziyoda ne’matlar bordir. Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamas. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda abadiy qolurlar”,[3]deydi.

Oyatdagi “go‘zal oqibat”dan murod – jannat. “Ziyoda ne’mat” esa, Alloh taoloning jamolini ko‘rishga musharraf bo‘lishdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Yo Robbim! Men Sendan jamolingga nazar solish lazzatini, zarar yetkazmaydigan hamda zalolatga boshlovchi fitnaga uchramagan holda Senga yo‘liqishni so‘rayman”, deya duo qilar edilar.

Hasson Shamsiy Poshoning “Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]Muttafaqun alayh.
[2]Imom Termiziy rivoyati.
[3]Yunus surasi, 25–26-oyatlar.