Otasi to'quvchi hamda o'yma naqsh soluvchi (naqshband) bo'lgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U so'fiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg'otdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri – ustozi Hoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni o'rinbosarlaridan bo'lmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini o'rgatib bo'lgandan keyin shogirdiga ijozat beradi.
Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo'lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan ta'lim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bo'lgan, ayni chog'da Qusam shayx ham uni o'z o'g'lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu erda vafot etadi.
Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o'tirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband dahmasini ziyorat qilishgan.
Hazrat Bahouddin Naqshband qabrlari Abdulazizxon tomonidan tartibga solinib, ko'rkam shaklga kiritilgan. Bu muborak qadamjoni obodonlashtirishda Temuriylardan tortib mang'it amirlarigacha o'z hissalarini qo'shganlar. Honaqoh Shayboniylar sulolasiga mansub Ubaydulloxonning o'g'li Abdulazizxon (1540-1549 yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan 1544 – 1545 yilda qurilgan Maqbara atrofida masjid, hovuz, quduq, minora, darvozaxona bor. Bahouddin mozorlarining kun botar tomonida Dahmai Shohon, ya'ni shohlar dahmasi joylashgan. Bunda ko'plab Buxoro amirlari va ularning avlod-ajdodlari ko'milgan.
Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-asrda Ho'ja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar.Ular ijodida naqshbandiya g'oyalari keng va atroflicha targ'ib etildi.
Bizni kuzatishda davom eting. Yurtimiz bo'ylab muqaddas manzillar bilan tanishtirishda davom etamiz.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O'zA
Kecha, 28 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda haj delegatsiyasi vakillari, ishchi guruhi a’zolari, mingboshilar va shifokorlar jamoasi ishtirok etdi.
Majlis avvalida Muftiy hazratlari haj qiluvchi inson Haq taoloning mehmoni ekani, shu bois haj amalini bajarayotgan kishiga ko‘mak bergan, uning og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ ajru savoblarga noil bo‘lishi haqida so‘zladilar. Shuningdek, har bir ishchi guruhi a’zosi ana shunday ulug‘ darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga O‘zi rozi bo‘ladigan darajada sidqidildan xizmat qilishi lozimligini alohida qayd etdilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilish davomida muborak safarga qadar ziyoratchilar bilan muntazam suhbatlar tashkil etish va ularda hajning tartib-qoidalari, farz, vojib va sunnatlari, o‘ziga xos mashaqqatlarini tushuntirish va zikru duolar qilish va yurtdoshlarimizning barcha savollariga batafsil javob berish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, muborak zaminlarda har bir daqiqani g‘animat bilish, toatu ibodat ila o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qilishga urg‘u qaratdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov va Shifokorlar guruhi rahbari Alisher Saatov kabilar so‘zga chiqib, tashkiliy ishlar, tibbiy jihatlar, xat-hujjatlar, jamoaviy tartib-intizomga rioya etish, qonun-qoidalarga amal qilish, hojilar xavfsizlini ta’minlash va ogohlikga oid muhim tavsiyalarni berdilar.
Shuningdek, joriy mavsumda “Haj – 2025” ishchi guruhi va shifokorlar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklangani, shu bois har kim o‘z vazifasini vijdonan to‘la bajarishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati