Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447
Maqolalar

Suv o‘rniga nam salfetka ishlatish

17.10.2024   4367   1 min.
Suv o‘rniga nam salfetka ishlatish

Cavol: Hojatdan keyin avratni suv bilan emas, nam salfetka bilan poklash mumkinmi? Buni uzoq masofaga katta yuk mashinalarda yuradigan do‘stim so‘ragan edi.
 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Najosat chiqqan joyidan atrofiga yoyilmagan bo‘lsa, qog‘oz, tosh kabi narsalar bilan tozalanish mumkin. Agar dirham (katta tanga) miqdoridan ko‘p yoyilgan bo‘lsa, suv kabi suyuqlik bilan poklash lozim bo‘ladi. Chunki bunday holatda  badanga najosat tekkan hukmida bo‘lib, uni faqat yuvish bilan ketkaziladi.

ثم الاستنجاء بالأحجار إنما يجوز إذا اقتصرت النجاسة على موضع الحدث فأما إذا تعدت موضعها بأن جاوزت الشرج أجمعوا على أن ما جاوز موضع الشرج من النجاسة إذا كانت أكثر من قدر الدرهم يفترض غسلها بالماء ولا يكفيها الإزالة بالأحجار

“Tosh bilan istinjo qilishning o‘zi bilan kifoyalanish axlat yoki bavl chiqqan joyidan tashqariga yoyilmagan holatda joiz bo‘ladi. Agar axlat yoki bavl najosat o‘rnidan atrofiga dirham miqdoridan ko‘p yoyilsa, suv bilan yuvish farz bo‘ladi. Tosh bilan ketkazish kifoya qilmaydi (“Fatovoi Olamgiriya” kitobi).

Suyuqlikdan boshqa barcha narsalar, hatto u nam narsa bo‘lsin, tosh bilan bir xil hukmda bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

15.07.2025   5470   1 min.
JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi axborot agentligi SPA, shuningdek “Al-Jazirah”, “Al-Madina”, “Youm7” kabi qator nashrlari yozishicha, Jahon musulmonlari ligasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Isa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari doktor Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashgan. Makkai Mukarramada, mazkur xalqaro tuzilma idorasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Islom sivilizatsiyasining targ‘iboti, xususan noto‘g‘ri tushuncha va salbiy hodisalarga qarshi turishdagi ahamiyati ta’kidlangan. 
 

F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi