Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu nozik did egasi edilar

18.10.2024   6906   3 min.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu nozik did egasi edilar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Qo‘riqxonalar tashkil qilish

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu xalqning kambag‘al toifasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyat ixtiyorida bo‘ladigan qo‘riqxonalarga ko‘plab yer ajratishni yo‘lga qo‘ydilar. Shu tariqa yerlarga boy-badavlat kishilar ega chiqib olishlari tartibga solindi.

Masjidlarni xushbo‘y qilish

Avvallari masjidlarni xushbo‘y qilish ehtiyoji bo‘lmagani uchun bu narsa hech kimning yodiga kelmagan edi. Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning davrlarida odamlarning ko‘paygani, ularning tabiatlari ham o‘zgargani e’tiborga olinib, masjidlarni turli noxush hidlardan asrash uchun «xaluq» nomli xushbo‘y modda sochib turish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning qanchalik nozik did egasi bo‘lganlarini ko‘rsatadi.

Muazzinlarga maosh belgilash

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrlarigacha muazzinlarga maosh belgilanmagan edi. O‘sha paytdagi hayotning soddaligidan, muazzinlarga ajratilgan ishning ozligidan bunga ehtiyoj ham yo‘q edi. Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning davrlariga kelib, masjidlar kattalashdi, jamoatlar coni nihoyatda ortdi. Binobarin, muazzinlarning xizmati ham ko‘paydi. Endi muazzinlar ajralib chiqib, muazzinlik qilishlari lozim bo‘lib qoldi. Faqat muazzinlik bilan mashg‘ul bo‘lgan odam esa maosh bilan ta’minlanishi zarur edi. Shuning uchun hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu keng Islom jamiyatining barcha joylarida muazzinlarga maosh berishni joriy qildilar.

Mirshablikni joriy qilish

Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning davrlariga kelib, barcha sharoitlar o‘zgargan. O‘zgarganda ham, salbiy ma’noda o‘zgargan edi. Har birlari «tirik Qur’on» bo‘lgan ulug‘ sahobiylarning ko‘pchiligi shahid bo‘lgan, vafot etgan va turli yurtlarga tarqab ketgan edilar. Jamiyatda turli-tuman xalq, millat va elatlarning turli odamlari ham ko‘paygan edi. Ularning ichida odoblilari ham, boshqachalari ham bor edi. Buning ustiga, musulmon bo‘lmaganlar ham, Islomni g‘arazgo‘ylik bilan qabul qilganlar ham oz emasdi. Bu va shunga o‘xshash omillar mirshablikni joriy etishni talab qilar edi. Shuning uchun hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu mirshablikni yo‘lga qo‘ydilar.

Masjidda boshliqqa alohida joy qilish

Bu ishni ham sharoit taqozo qilgan edi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning bir nobakor shaxs qo‘lida fojiali ravishda qatl etilishlari hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu uchun katta dars bo‘lgan edi. Shu bois u kishi masjidda o‘zlariga ana shunday to‘satdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujum va suiqasdlarning oldini olish uchun alohida joy qildilar.

«Islom tarixi» birinchi juzi asosida tayyorlandi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   19252   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi