Rabius soniy oyining ikkinchi haftasida ro‘y bergan diniy-ma’rifiy sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishing!
00:00 Anons
00:59 “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
04:04 Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
05:15 Misr va O‘zbekiston muftiylari fatvolar ishlab chiqishda hamkorlik qiladi
05:57 Umra faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish borasida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi
06:27 Targ‘ibotchi hojilar bilan muloqot qilindi
07:01 Qoriyalar taqdirlandi
07:31 Imomlar ishtirokida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07:52 “Hanafiy mazhabiga teran nigoh” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
08:35 Quvadagi “Qo‘shkechik” masjidi qayta bunyod etildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Aytib o‘tish joizki, 2024 yilning 18 iyulidan 2025 yilning 6 fevraliga qadar o‘tkazilgan 65 ming 729 ta tadbir doirasida 402 931 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. Ularning oilaviy sharoitlaridan kelib chiqib, tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi.
Ushbu xayrli ishlarga diniy soha vakillari bilan bir qatorda 11 mingdan ziyod hojilar jalb etilgan bo‘lib, ular mahallalarda amaliy ishlarda ko‘ngilli ravishda ishtirok etishmoqda. Nizoli oilalarni yarashtirishda, yot unsurlar ta’siriga tushib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishda muhtaram hoji ota-onalarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati