"Qadring baland bo'lsin, ona tilim" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yoʻnalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi - o‘rinni qo'lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni “21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan qutlaydi!
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ajoyib bir ramziy qissa bor. Bir kishi xotini bilan tovuq yeb o‘tirgan edi, eshik taqillab qoldi. Xotini borib qarasa, tilanchi ekan. Xotin tilanchiga yeb turgan ovqatidan berishni xohlagan edi, eri jerkib tashlab: «Tilanchini eshik oldidan haydab yubor», dedi. Xotin uni haydab yubordi. Keyinchalik er-xotin orasiga sovuqlik tushib, er xotinini taloq qildi. So‘ngra boshqa bir kishi kelib, sovchi qo‘ydi va o‘sha xotinga uylandi. Kunlarning birida xotin keyingi eri bilan tovuq yeb o‘tirgan edi, eshik taqillab qoldi. Xotin eshikni ochish uchun borsa, tilanchi ekan. Xotin tilanchini ko‘rgach, qiyin ahvolga tushib qoldi. Eri: «Eshikni taqillatgan kim ekan?» desa, xotin: «Avvalgi erim» dedi. Shunda keyingi eri: «Bir necha yil avvalgi eshiging tagiga kelgan tilanchi ham men edim», dedi.
Al-Jabbor sifatiga ega Alloh bandasini O‘zi iroda qilgan narsasiga yo‘llaydi. Bir banda u narsani xohlasa ham, boshqasi bu narsani xohlasa ham, Alloh xohlaganini amalga oshiradi. Shunday bo‘lgach, har bir o‘tayotgan kuningga shukr qil.
Anvar Tursunov