Joriy yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha Namangan shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda viloyat masjidlarida namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi