Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2025   |   7 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:15
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2025, 7 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Janubiy Koreyada O‘zbek tili bayrami va Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi

22.10.2024   4077   1 min.
Janubiy Koreyada O‘zbek tili bayrami va  Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan mazkur davlatda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va vatandoshlar ishtirokida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda buyuk qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Tadbirda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

 

Ta’kidlandiki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi. "Davlat tili haqida"gi qonunda ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

 

Eng muhimi, davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrda "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktyabr sanasi "O‘zbek tili bayrami kuni" sifatida belgilandi.

 

Bundan tashqari, tadbirda buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Buyuk ajdodimiz o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan O‘zbekiston taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo ekanligi alohida urg‘ulandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bemorlik - gunohlarga kafforat

04.05.2025   3696   1 min.
Bemorlik - gunohlarga kafforat

Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.

"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.

"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.

"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.

U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".