Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

Unutilgan sunnat (duo qabul bo‘ladi)

22.10.2024   9147   1 min.
Unutilgan sunnat (duo qabul bo‘ladi)

Madinalik ansoriya ayollardan Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib:

يا رسولَ اللهِ علِّمْني كلماتٍ أَدْعو بهِنَّ

Yo Allohning Rasuli, menga shunday kalimalarni o‘rgatingki ular bilan duo qilay”, dedi.

U zot alayhissalom:

قال: تُسبِّحينَ اللهَ عَشْرًا وتَحمَدينَه عَشْرًا وتُكبِّرينَه عَشْرًا ثُم سَلي حاجَتَكِ

O‘n marta tasbeh (“Subhanalloh”), o‘n marta tahmiyd (“Alhamdulillah”) va o‘n marta takbir (“Allohu akbar”) aytib, so‘ngra Allohdan hojatingni so‘raysan, Shunda Alloh taolo:

فإنَّه يقولُ: قد فعَلْتُ قد فعَلْتُ

batahqiq amalga oshirdim”, “batahqiq amalga oshirdim”, deb aytadi”, dedilar (Imom Termiziy va Nasoiy rivoyati).

Ushbu hadisda sahobiya ayollarning ilmga rag‘bati, duo qilishdan oldin Allohni zikr qilish lozimligi, duoning ijobat bo‘lishi kabi bir qancha foydalar mujassam.

Qolaversa, boshqa hadislarda bir marta “Alhamdulillah” deb aytish qiyomat kuni amallar tarozisini, “Subhanalloh” va “Alhamdulillah” deyishning savobi esa, yer va osmon o‘rtasini to‘ldirishi bayon etilgan.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

15.07.2025   6341   2 min.
Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

Xabaringiz bor, 2025 yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabrigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
 

Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, hojilar, otinoyilar va mahalla faollari ishtirokida Xonqa tumanidagi «Sayid ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 


Tadbirdan so‘ng Xayrulla domla Abdullayev hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.


Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2025” ziyoratchilari, mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarga tashrif buyurdilar.


Mahalladagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Shuningdek, adashib aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga islomning sof ta’limoti haqida ma’lumotlar berildi.


Shundan so‘ng ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda tumandagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.


Mazkur tadbirlardan so‘ng Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi. 

 

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!
O'zbekiston yangiliklari