Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Unutilgan sunnat (duo qabul bo‘ladi)

22.10.2024   10478   1 min.
Unutilgan sunnat (duo qabul bo‘ladi)

Madinalik ansoriya ayollardan Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib:

يا رسولَ اللهِ علِّمْني كلماتٍ أَدْعو بهِنَّ

Yo Allohning Rasuli, menga shunday kalimalarni o‘rgatingki ular bilan duo qilay”, dedi.

U zot alayhissalom:

قال: تُسبِّحينَ اللهَ عَشْرًا وتَحمَدينَه عَشْرًا وتُكبِّرينَه عَشْرًا ثُم سَلي حاجَتَكِ

O‘n marta tasbeh (“Subhanalloh”), o‘n marta tahmiyd (“Alhamdulillah”) va o‘n marta takbir (“Allohu akbar”) aytib, so‘ngra Allohdan hojatingni so‘raysan, Shunda Alloh taolo:

فإنَّه يقولُ: قد فعَلْتُ قد فعَلْتُ

batahqiq amalga oshirdim”, “batahqiq amalga oshirdim”, deb aytadi”, dedilar (Imom Termiziy va Nasoiy rivoyati).

Ushbu hadisda sahobiya ayollarning ilmga rag‘bati, duo qilishdan oldin Allohni zikr qilish lozimligi, duoning ijobat bo‘lishi kabi bir qancha foydalar mujassam.

Qolaversa, boshqa hadislarda bir marta “Alhamdulillah” deb aytish qiyomat kuni amallar tarozisini, “Subhanalloh” va “Alhamdulillah” deyishning savobi esa, yer va osmon o‘rtasini to‘ldirishi bayon etilgan.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   1217   1 min.
Dardning hikmati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".