Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyul, 2025   |   24 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:06
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
19 Iyul, 2025, 24 Muharram, 1447
Maqolalar

Tikuvchi va nabira haqida hikoya

22.10.2024   5038   1 min.
Tikuvchi va nabira haqida hikoya

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qadim zamonda bir tikuvchi bo‘lgan ekan. U o‘z hamqishloqlariga bir-biridan chiroyli kiyimlar tikib berar ekan. Tikuvchining kichik yoshdagi bir nabirasi bo‘lib, u juda ziyrak, harakatchan bola ekan. U doimo bobosining yonida yurib, uning ishlariga qarashar, har bir qilayotgan ishini diqqat va etibor bilan kuzatib borar ekan.

Kunlarning birida tikuvchi nabirasiga bir hikmatni ta’lim bermoq istabdi. Katta hajmdagi bir matoni keltirib, qaychi bilan uni kesib mayda-mayda bo‘laklarga bo‘libdi. So‘ngra qaychini bir chekkaga uloqtiribdi. Shundan keyin tikuvchi igna olib kelibdi va u bilan kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lingan mato parchalarini bir-biriga ulab tika boshlabdi. Natijada chiroyli bir kiyim paydo bo‘libdi. Kiyimni tikib bo‘lgach, ignani boshidagi sallasining bir chekkasiga sanchib qo‘yibdi.

Buni kuzatib turgan ziyrak nabira bobosidan so‘rabdi: “Bobo nima uchun matoni kesib, parchalab bo‘lganingizdan keyin qimmatbaho qaychingizni yerga uloqtirdingiz, ammo tikib bo‘lganingizdan keyin bir chaqa turadigan ignani boshingizdagi sallangizga sanchib qo‘ydingiz?”.

Tikuvchi bobosi javob berdi: “Ey, nabiraginam, agar e’tibor bergan bo‘lsang, qaychi butun bir matoni parcha-parcha qilib bo‘lib tashladi. Ammo, kichkinagina inga o‘sha parchalarni bir-biriga ulab chiroyli kiyim tikdi. Bundan shunday xulosa olish mumkinki, odamlar orasida shunday kishilar bo‘ladiki, ular butun bir jamiyatni o‘rtasiga fitna urug‘ini sochib, ularni bir-biridan ayrib tashlaydi, jamiyatni parchalab yuboradi. Ana unday kishilarning o‘rni oyoq ostida, ular shunga munosib. Ammo, odamlarni birlashtirish, ularni hamjihat qilish yo‘lida sa’y-harakat qiladigan kishilar doimo ardoqlanadi, ularni boshingga ko‘ratsang arziydi. Sen ham doimo odamlarni bir-biriga do‘st, ahil-inoq qiladigan kishilardan bo‘lgin, dedi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   5044   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).