O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovini e’lon qiladi!
10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan vatanparvar, tashabbuskor va kuchli bolalar jamoasi safiga qo‘shiling.
Kreativ g‘oyalarimiz va orzu-maqsadlarimizni O‘zbekiston bolalar tashkiloti atrofida barpo etamiz.
Bolalarda yetakchilik, izlanuvchanlik, jasorat, mehr-saxovat va yurtni sevish kabi fazilatlarni o‘rganishida hissa qo‘shamiz!
“Bolalar harakati” sardorlar saylovi uchun ro‘yxatdan o‘ting!
Bir insonni dunyoda (ko‘p qavatli) uy orzu qilayotganini ko‘rasan.
Agar unga ega bo‘lsa, endi uni hovli-joy orzulayotganini ko‘rasan.
Hovli joyli bo‘lsa, endi uni hashamatli qasrni orzulayotganini ko‘rasan.
Va shu tarz davom etaveradi. Ya’ni, orzu-havasning cheki yo‘q.
Lekin jannat ahli ...
Jannatda istiqomat qiluvchilar o‘zlari bo‘lib turgan sharoit, holatdan boshqasiga o‘zgarishini istamaslar.
Jannat ahli haqida Allohning ushbu so‘zi bor: “Unda mangu qoluvchidirlar va undan ko‘chishni istamaslar” (Kahf surasi, 108-oyat).
Allohim bizni jannat ahlidan qilgin!
Izoh: Jannatning darajalari o‘rtasida ulkan tafovut borligiga qaramay, u yerga kirish nasib bo‘lgan har bir inson o‘ziga ato etilgan manzilatga rozi bo‘ladi va boshqa o‘ringa ko‘chishni, o‘zgarishini aslo istamaydi.