Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Avgust, 2025   |   14 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:25
Peshin
12:34
Asr
17:27
Shom
19:36
Xufton
20:59
Bismillah
08 Avgust, 2025, 14 Safar, 1447
Maqolalar

Kim nomahramga qarashdan ko‘zini olib qochsa

24.10.2024   4792   3 min.
Kim nomahramga qarashdan ko‘zini olib qochsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

O‘n yettinchi chora:

Nafsni jazolash. Hazrati Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayh shunday der edilar: «Badnazarlik uchun yigirma rakat nafl namoz o‘qish jazosini tayin qilib qo‘ysin. Bir-ikki kunda bu jazoga chiday olmay nafs chinqirib yuboradi va badnazarlikdan voz kechadi. Shayton ham shunday deydi: "Bu shaxs bitta badnazarlik uchun yigirma marta sajda qilyapti yana uning gunohlari yaxshiliklarga almashtirib qo‘yilmasin. Mening butun umr qilgan mehnatim zoye bo‘lib ketadi. Demak, uni badnazarlikka undamaslik lozim"».

O‘n sakkizinchi chora:

Ilohiy diydordan mahrum bo‘lishni o‘ylash.

Hadisi shariflardan ma’lumki, jannatiylarga Alloh taoloning diydori nasib bo‘ladi. Ba’zilarga bir marta, ba’zilarga har yili bo‘ladi, ba’zilarga har oy, kimgadir har juma kuni va ba’zilarga har kuni nasib bo‘ladi. Dunyoda ko‘r holida tug‘ilgan va solih taqvodor, sobir va shokir bo‘lib yashagan inson har vaqt Alloh taoloning diydoriga musharraf bo‘ladi. Alloh taolo: "Bu mening shunday bandamki, u dunyoda hech kimga muhabbat nazari ila boqmadi. Endi, u qachon xohlasa, Mening diydorimga erishsin", deydi. Ba’zi ulamolar yozganlarki, kim dunyoda Allohning roziligi uchun nomahramdan nazarini saqlasa, Alloh taolo jannatda har bir saqlangan nazarining evaziga O‘zining diydorini ato qiladi. Mo‘min kishi mana shu abadiy baxt haqida fikr qilsin, bir necha lahzalik badnazarlik sababidan Alloh taoloning diydoridan mahrum bo‘lish naqadar katta mahrumlik ekanini o‘ylasin. Ibn Qayyim rahmatullohi alayh bunday yozganlar: «Jannatda amallarning mukofoti aynan o‘zining jinsidan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kim nomahramning yuzidan ko‘zini olib qochsa, unga Alloh taoloning diydori saodati nasib bo‘ladi. Mo‘min odam nomahramdan nazarini olib qochishi lozim. Toki, Alloh taoloning diydorini ko‘rishga haqli bo‘lsin».

O‘n to‘qqizinchi chora:

Onasi, singlisi va qizini tasavvur qilish.

Inson nafsi nomahram tarafga ochko‘z nazar ila qarashni istasa, darhol onasi, singlisi yoki qizini tasavvur qilsin va ular haqida mening ham onam bor, singlim bor, qizim bor, ularga ham kimdir qarayotgandir, deb o‘ylasin. Shu narsani o‘ylasa, xuddi olovga suv quygandek, nafs xohishlari ham barham topadi.

Yigirmanchi chora:

Durudi sharifni ko‘p aytish.

Hazrati Mavlono Qori Siddiq Baandaviy raxmatullohi alayhga bir kishi o‘zining holatini shunday tushuntirdi: «Hazrat! Men parishonman, vasvasa va nopok xayollar ko‘p keladi. Harom nazarga mubtaloman. Holatimni isloh qiling». Hazrat bunday javob yozdilar: «Har bir odam parishondir. Vasvasa va nopok xayollar kelib-ketishiga e’tibor qilma. Badnazarlikdan saqlanish qo‘lingdan keladi. Nazarni pastga qarat va ko‘p durudi sharif, ya’ni salavot ayt. Shunda undan saqlanish oson bo‘ladi, inshaAlloh».

«Badnazarlik va zinodan saqlanish» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bir kunda mingta yaxshilik

04.08.2025   4998   1 min.
Bir kunda mingta yaxshilik

 

حدثنا العباس بن محمد الدوري  نا يعلى نا موسى  عن مصعب بن سعد  عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة  قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة  أو يحط عنه ألف خطيئة.


Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.

Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.

U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.

“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi