Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446
Maqolalar

Kiyim kiyganda bajariladigan 7 amal

24.10.2024   3086   3 min.
Kiyim kiyganda bajariladigan 7 amal

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Kiyimni kiyishda “Bismillah” deyish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning zikri va “Bismillahir rohmanir rohiym” bilan boshlanmagan ahamiyatli har bir ishning orqasi kesikdir», deganlar.

 

2. Libosni kiyishda o‘ng tarafdan boshlash.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Agar kiyinsangiz o‘ngdan boshlang”, deganlar (Imom Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Ibn Moja rivoyati).

 

3. Libosni kiyganda quyidagi duoni qilish:

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي كَسَانِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلا قُوَّةٍ

O‘qilishi: “Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozoqaniyhi min g‘oyri havlin minniy va laa quvvatin”.

Ma’nosi: “Menga ushbu libosni mening tarafimdan hech qanday kuch-qudratsiz kiydirgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin”.

 

4. Kiyimni yechishda chap tarafdan boshlash.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sizlardan birortangiz poyabzal kiysa, o‘ngdan, yechganda chapdan boshlasin. Kiyganda har ikkisini kiysin, yechganda har ikkisini yechsin”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati).

 

5. Yechganda ham “Bismillah” ni aytish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Odam bolalarining avrati bilan jinlarning ko‘zlari o‘rtasidagi parda kiyimni yechganda “Bismillah” deyishdir» (Imom Tobaroniy rivoyati).

 

6. Yangi libos kiyganda duo qilish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ishton, ko‘ylak, rido yoki salla kiysalar, quyidagi duoni o‘qir edilar:

اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ، أَنْتَ كَسَوْتَنِيهِ، أَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِهِ وَخَيْرِ مَا صُنِعَ لَهُ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهِ وَشَرِّ مَا صُنِعَ لَهُ

O‘qilishi: “Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi asaluka min xoyrihi va xoyri ma sunia’ lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma sunia’ lahu”.

Ma’nosi: “Allohim, sendan ushbu libosdagi yaxshilikni va unga bog‘liq yaxshilikni so‘rayman. Undagi yomonlikdan va unga bog‘liq yomonlikdan panoh so‘rayman” (Imom Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Ahmad rivoyati).

 

7. Yangi libos kiygan kishining haqqiga duo qilish:

“Baxtli hayot kechiring, shahodat bilan vafot eting” (Imom Termiziy rivoyati).

Kiyib eskirtiravering, Alloh o‘rniga boshqasini beraversin(Imom Abu Dovud rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Taqsit qanday savdo?

22.01.2025   1883   1 min.
Taqsit qanday savdo?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Cavol: Hozirgi kunda “taqsit savdosi” haqida ko‘p eshitib qolyapmiz. U qanday savdo?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. “Taqsit” savdosi deb savdo molini xaridorga darhol topshirib, bahosini bo‘lib to‘lashga kelishgan holda nasiya qilib sotishga aytiladi. Bunda masalan bir kishi mashinani 10 oyga, har oyda 1000 dan, jami 10 000 ga kelishgan holda sotib oladi.
Bu savdoda sotuvchi xaridorga turli takliflarni kiritganda, masalan, “3 oyga narxi 8000 bo‘ladi, 6 oyga 9000 bo‘ladi, 10 oyga 10 000 bo‘ladi” deganda ikki tomon ham muddat va narxni aniq qilib olishlari kerak bo‘ladi.
Agar xaridor va’da qilgan to‘lovlarini to‘lay olmasa, qarzga ustama qo‘shish mumkin emas, garchi uni oldindan shart qilingan bo‘lsa ham.
O‘ziga to‘q (imkoniyati bor) xaridor ado qilishi kerak bo‘lgan qarzni vaqti kelganda to‘lamasligi shar’an nojoizdir. Bu sotuvchiga zulm qilish, ya’ni katta gunoh bo‘ladi.
Taqsit savdosida sotuvchi xaridorning qarzi muqobilida garov talab qilish haqqiga ega. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.