frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi

27.10.2024   25152   1 min.
Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi

Bugun barcha fuqarolarimiz yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etib, o‘zlari uchun munosib, deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi. Saylovda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tizimidagi 64 ta masjidning barcha xodimlari o‘zlarining fuqarolik huquqlaridan foydalangan holda saylovda faol ishtirok etdi.

Avvalgi saylovlarga qaraganda nomzodlar ichida yoshlarning ham ko‘pligi, nomzodlar orasida iqtisodchilar, pedagoglar, muhandislar, shifokorlar, jurnalistlar hamda tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillarining borligi quvonarli, albatta.

Shu o‘rinda mamlakatimizda yashayotgan aksariyat millat va elatlarning vakillari ham deputatlikka nomzodlar orasida borligi, O‘zbekiston ko‘p millatli yagona xalq ekaninining yorqin ifodasidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlaridagi saylov uchastkalarida saylovchilar ahil va faol ishtirok etib, o‘zlari munasib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi Qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari saylovda faol ishtirok etdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   11735   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari