Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Yanvar, 2025   |   24 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:41
Peshin
12:40
Asr
15:48
Shom
17:32
Xufton
18:49
Bismillah
24 Yanvar, 2025, 24 Rajab, 1446
Yangiliklar

Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi

15.10.2024   1511   3 min.
Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi

Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlarini yaratish” mavzusidagi maqsadli ilmiy-amaliy loyiha  muvaffaqiyatli yakunlandi.


O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 iyuldagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2020-2024 yillarda Imom Moturidiy va Moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da “Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish” vazifasi belgilangan edi.


Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tuzilgan loyiha a’zolari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Diniy idora, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent islom instituti qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining qo‘lyozma nusxalarining o‘ziga xos xususiyatlari, muallif va uning yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni chuqur o‘rganildi.


Tadqiqotni amalga oshirishda jahon islomshunoslik va manbashunoslik kabi yo‘nalishlarida qo‘llanilgan nazariy asoslar va  ilmiy usullardan foydalangan holda, tarixiylik, xolislik va qiyosiy tahlil tamoyillariga amal qilindi.


Quyida mazkur loyiha doirasida uch yil davomida erishilgan muhim natija va ilmiy yangiliklarni keltirib o‘tamiz:
 

  1. “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining ilmiy-tanqidiy matni tayyorlandi. Buning uchun asarning 4 ta eng qadimiy va dolzarb qo‘lyozmalaridan foydalanildi. 
     
  2. “Markaziy Osiyo kalom ilmi tarixi: yangi ilmiy tadqiqotlar va yondashuvlar” mavzusida ilmiy maqolalar to‘plami nashr qilindi.
     
  3. “Sa’uddin Taftazoniy va uning ilmiy merosi” nomli ommabop risola chop etildi.
     
  4. “Moturidiylik ta’limotiga oid 101 savol-javob” nomli ilmiy-ommabop risola nashr qilindi.
     
  5. “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya asarining ahamiyati” nomli ilmiy risola nashr etildi.
     
  6. “Aqoid” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
     
  7.  “Mashhur aqoid matnlari” nomli ilmiy-ommabop risola chop etildi.
     
  8. “Sharh al-Aqoid an-nasafiya” asarining ilmiy-izohli akademik tarjimasi nashr qilindi.
     
  9.  Loyiha doirasida android va multimediya dasturlari tayyorlandi.


Muxtasar qilib aytganda, loyiha doirasida 7 ta ilmiy-ommabop kitob va risolalar, 2 ta android va multimediya dasturi tayyorlandi. Xorijdagi nufuzli jurnallarda 21 ta, yurtimizdagi ilmiy (OAK) nashrlarda 31 ta, respublika anjumanlari materiallarida 19 ta jami 71 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi.


Mazkur loyihaning ilmiy natijalari, nashr etilgan kitob va maqolalardagi materiallardan tegishli yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarda, Oliy va o‘rta-maxsus islom ta’lim dargohlarida o‘qitiladigan maxsus o‘quv-kurslar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va targ‘ibot-tashviqot  ishlarini olib borishda foydalanish mumkin.


Umuman olganda “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni insoniy fazilatlar sohibi etib tarbiyalash, ularni ajdodlarga munosib avlodlar voyaga yetishi va turli yot g‘oyalarga qarshi raddiyalar berish ko‘nikmasi shakllanishida muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz. 


Homidjon domla ISHMATBЕKOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o‘rinbosari

 

Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi
Boshqa maqolalar

“Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi

21.01.2025   4285   1 min.
“Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi

Narpay tumani markaziy masjidi hisoblangan “Naqshbandiy” jome masjidining yangi binosi qurilishiga dastlabki g‘isht qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda oqsoqollar, imomlar, ziyoli va mas’ullar ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olgan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattorov va tuman hokimi Sherbek Buranov masjid qurishning foydalari, katta savobligi, uning homiylar va hashar yo‘li bilan barpo etilayotgani tahsinga loyiqligini ta’kidladi.

Xayrli ishni boshlashdan oldin Qur’oni karim tilovat qilinib, ezgu amallar bardavom bo‘lishi, elu yurtga omonlik va farovonlik so‘rab, duoga qo‘l ochildi.

Ma’lumot o‘rnida ushbu yangi masjid ikki qavatdan iborat bo‘lib, jami 5 000 namozxonni o‘z bag‘riga oladi. Uning qurilish ishlari 2026 yilga qadar yakunlanishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

“Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi “Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi “Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi “Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi “Naqshbandiy” masjidi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yildi