Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlarini yaratish” mavzusidagi maqsadli ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 iyuldagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2020-2024 yillarda Imom Moturidiy va Moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da “Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish” vazifasi belgilangan edi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tuzilgan loyiha a’zolari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Diniy idora, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent islom instituti qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarining qo‘lyozma nusxalarining o‘ziga xos xususiyatlari, muallif va uning yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni chuqur o‘rganildi.
Tadqiqotni amalga oshirishda jahon islomshunoslik va manbashunoslik kabi yo‘nalishlarida qo‘llanilgan nazariy asoslar va ilmiy usullardan foydalangan holda, tarixiylik, xolislik va qiyosiy tahlil tamoyillariga amal qilindi.
Quyida mazkur loyiha doirasida uch yil davomida erishilgan muhim natija va ilmiy yangiliklarni keltirib o‘tamiz:
Muxtasar qilib aytganda, loyiha doirasida 7 ta ilmiy-ommabop kitob va risolalar, 2 ta android va multimediya dasturi tayyorlandi. Xorijdagi nufuzli jurnallarda 21 ta, yurtimizdagi ilmiy (OAK) nashrlarda 31 ta, respublika anjumanlari materiallarida 19 ta jami 71 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi.
Mazkur loyihaning ilmiy natijalari, nashr etilgan kitob va maqolalardagi materiallardan tegishli yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarda, Oliy va o‘rta-maxsus islom ta’lim dargohlarida o‘qitiladigan maxsus o‘quv-kurslar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda foydalanish mumkin.
Umuman olganda “Sharh al-Aqoid an-Nasafiya” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni insoniy fazilatlar sohibi etib tarbiyalash, ularni ajdodlarga munosib avlodlar voyaga yetishi va turli yot g‘oyalarga qarshi raddiyalar berish ko‘nikmasi shakllanishida muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
raisining birinchi o‘rinbosari