Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Garvard professori hadisdagi haqiqatni ilm bilan isbotladi

31.10.2024   3840   1 min.
Garvard professori hadisdagi haqiqatni ilm bilan isbotladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Har bir musulmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: Sadaqa berish bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi[1] deb aytgan hadislarini yaxshi biladi.

Ammo insonda qanday qilib degan savol tug‘ilishi tabiiy.

 

Garvard professori ilmiy tadqiqotlar yordamida buni isbotlagan. Bu haqda tadqiqotchi bunday deydi: “25 yil davomida olib borgan tadqiqotlarim natijasiga ko‘ra, inson qancha ko‘p xayr-ehson qilsa, shunchalik boy bo‘lishi aniqlangan. Bu natijaga avvalo o‘zim ham ishonmadim. Ma’lumotlarda xatolik ketgan deb o‘yladim. Lekin aniq haqiqat shuki – agar siz bir dollar xayriyaga sarflasangiz, o‘rtacha taxminanda bir yarim dollar sizga qaytib keladi”.

 

Siz muhtojlarga yordam berish barobarida avvalo Allohning roziligini, ruhiy xotirjamlik, bu dunyo va oxiratingiz uchun yaxshiliklarni qo‘lgan kiritasiz hamda mol-dunyoingizni poklaysiz.

 

Garvard professori yana bunday deydi: “Shundan so‘ng, psixologlar bilan birga tadqiqotlarim ustida ish olib bordim. “Men iqtisodchiman tadqiqotlarim natijasiga ko‘ra, inson qancha ko‘p sadaqa qilsa, uning daromadi shuncha ko‘payishi aniqlandi”, deb ilmiy izlanishlarimni bayon etganimda, ular uzoq yillardan beri bu haqiqatga guvoh bo‘lib kelishligini, “sadaqa, xayriya qiladiganlar ehson qilganlari sari daromadlari ko‘payib borganini ko‘p kuzatganmiz” deyishdi”.

Qolaversa, xayr-ehson qilish kishining ruhiyatiga va jismoniy salomatligiga ijobiy ta’sir qilishi hamda iqtisodiy farovonlikni, adolatni jamiyatni shakllantirishi ham tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan haqiqatlardan sanaladi.

Ehson-xayriya qilish – ikki tomonlama foydani jalb qiluvchi amaldir.

Davron NURMUHAMMAD

 

[1] Imom Muslim rivoyati.

Boshqa maqolalar

Dindor odamlarga qanday qaraysiz? Badavlat odamlarga-chi?

8.01.2025   273   1 min.
Dindor odamlarga qanday qaraysiz? Badavlat odamlarga-chi?

Mol-dunyo masalasida o‘zingizdan pastroqdagilarga qarang, dedik. Lekin dinu diyonat masalasida doim o‘zingizdan oldindagilarga qarang, ulardan ibrat oling, ularga yetib olishga intiling. Dunyo, boylik, sog‘lik va go‘zallik borasida o‘zingizdan quyidagilarga qarab, cheksiz marhamati uchun Allohga shukr qilsangiz, hayotingiz baxt-saodatga to‘ladi, Alloh taolo sizni shukr va sabr qiluvchilar safiga yozib, fazlu marhamati bilan ularga beriladigan mukofotlaridan sizga ham beradi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

«Kimda ikki xislat bor bo‘lsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kimda bu ikki xislat bo‘lmasa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi. Dinu diyonatda o‘zidan yuqoridagilarga qarab, ularga ergashsa; mol-dunyoda esa o‘zidan pastdagilarga qarab, o‘zini ulardan afzal qilgan Allohga hamd aytsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kim din borasida o‘zidan pastdagilarga, dunyo borasida esa o‘zidan yuqoridagilarga qarab, o‘zi yetisha olmagan narsaga afsuslansa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi» (Imom Termiziy rivoyati).


Uch xil qarash qalbingizdagi mahzunlikni ketkazadi:

- birovlardagi narsalarga rozilik ko‘zi bilan qarash;
- musibatga uchraganlarga ibrat ko‘zi bilan qarash;
- ahvoli sizdan yomonroq, holi xarobroq odamlarga qarash.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.