Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR

31.10.2024   5376   1 min.
MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani aholisi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yuzma-yuz muloqotlar va jonli savol-javoblar o‘tkazmoqdalar.

Suhbatlarda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada ham juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilgani, 100 ta yangi jome masjid ochilgani, ko‘plari havas qiladigan darajada obod bo‘lgani, Qur’oni karim kurslarida bir necha o‘n ming fuqaro Qur’oni karimni mutolaa qilishni o‘rgangani, haj-umra safariga borgan kishilar soni sezilarli oshgani kabilarni aytish barobarida oyat va hadislar asosida mana shunday ne’matlarga shukr qilish zarurligi bildirildi.

Qur’oni karim va hadisi shariflarda ilm va hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalarni misol sifatida keltirib, har bir ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabilarga urg‘u qaratildi.

Uchrashuvlarda riyo-xo‘jako‘rsin illatlari, ilmsiz fatvo berish, shar’iy masala aytish, jamoada tafriqa, bo‘linishlardan saqlanish va bid’at-xurofotlarni tark etish kabilarga ham to‘xtalindi.

Ishtirokchilarning murojaat-takliflari eshitildi, oilaviy, ijtimoiy va ibodatga oid savollariga batafsil javob berildi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR MUFTIY HAZRATLARI AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   376   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar