Rabius soniy oyining so‘nggi haftasida ro‘y bergan diniy-ma’rifiy sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishing!
00:00 Anons
00:51 Muftiy hazratlari boshchiligidagi diniy soha xodimlari saylovda munosib nomzodlarga ovoz berdilar
01:56 O‘zbekiston ulamolari Afg‘onistonda samarali uchrashuvlar o‘tkazdi
02:34 Shayx Nuriddin Xoliqnazar: Irsiy kasalliklarning oldini olishda jon, aql va nasl muhofazasi muhimdir!
03:20 Muftiy hazratlari aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar
03:44 Murojaatlar yechimidan aholi mamnun
04:15 Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda
04:51 Huquqshunoslar malakasi oshirildi
05:13 Yig‘ilishda kelgusi rejalar belgilab olindi
05:43 Kattaqo‘rg‘on shahrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
06:16 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar yurtida duoyu iltijo, toat-ibodat bilan mashg‘ul
06:36 Sayxunobodda imom-xatiblar ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Jumadan_jumagacha
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.
Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.
“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).
Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.
Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.
“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).
Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.
Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.
“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).
Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.
“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).
Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.
“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).
Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.
“(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir” (Luqmon surasi, 19-oyat).
Davron NURMUHAMMAD