Ibn Battuta (Buyuk Britaniya) xalqaro madaniyatlararo tadqiqotlar markazi direktori Abbos Panakkal Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining paydo bo‘layotgan ko‘rgazmasiga 14 asr musulmon ilohiyotchisi, huquqshunosi va sayohatchisi Ibn Batutta merosini qo‘shishni taklif qildi.
Abbos Panakkal “Ibn Battuta tilga olgan qadimiy shaharlar: O‘zbekiston shaharlarining merosi va zamonaviy o‘zgarishlari” loyihasini Madaniy meros haftaligida O‘zbekiston sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Birinchi uyg‘onish” zali ko‘rgazmasini shakllantirishga bag‘ishlangan forumda taqdim etdi, deb yozadi WOSCU matbuot xizmati.
“Ibn Battuta Yevropadan Xitoyga sayohat qilgan, uning bu sayohati Afrikani ham qamrab olgan. U O‘zbekiston va Hindiston hududlarida ham bo‘ldi. Shunday qilib, bu merosni birlashtirdi va bir qator noyob narsalarni olib keldi. U mashhur olim va ilohiyotchi edi. O‘zbekiston zamini esa muhaddislar va yetuk allomalar yurti edi. Shuning uchun u juda muhim odamlarni tilga olgani aniq. Bu yerga kelib, Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilganini aytdi. Ibn Battuta shu hududdagi boshqa olimlarni ham tilga olgan va ko‘plab hukmdorlarning mehmoni bo‘lgan”, – deb ta’kidlaydi Panakkal.
Ibn Battuta 14 asrda islom va noislom olamining ko‘plab mamlakatlarida sayohat qilgan musulmon ilohiyotchisi, ilohiyot olimi, sayyoh va savdogardir, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Mashhur sayyoh ibn Battuta Samarqand, Urganch va Buxoro shaharlarida bo‘ldi. Keyinchalik bu hududlarda hukmronlik qilgan mo‘g‘ul hukmdorlari tomonidan qabul qilindi. Chag‘atoy xoni Tarmashirin qarorgohiga ham tashrif buyurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV