Sayt test holatida ishlamoqda!
04 May, 2025   |   6 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:17
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:27
Xufton
20:51
Bismillah
04 May, 2025, 6 Zulqa`da, 1446

Tailandliklar uchun “Umra+” Buxorodan boshlandi

05.11.2024   6464   1 min.
Tailandliklar uchun “Umra+” Buxorodan boshlandi

Yigirma nafardan ziyod ilk tailandlik musulmonlar “Umra+” dasturi asosida Buxoro bo‘ylab ham sayohat, ham ziyorat amallarini bajo keltirdi.

Dastlab “Yetti pir”ni ziyorat qilib, ziyoratgohlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ng, eski shahar bo‘ylab sayohatni davom ettirdi.  

– Buxoroga ilk kelishimiz, – deydi  sayyohlardan biri. – Bu yerdagi insonlarning mehmondo‘stligi, samimiyligini boshqa davlatlarda ko‘rmadik. Men Buxoroga yana kelishga niyat qildim.  

Xorijlik ziyoratchilar ziyorat amallarini bajo keltirib, Umra safariga yo‘l oldi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri

Tailandliklar uchun “Umra+” Buxorodan boshlandi Tailandliklar uchun “Umra+” Buxorodan boshlandi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

02.05.2025   3745   1 min.
Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

Savol: Hozirgi kunda ayrim odamlar qabristonlardan o‘zlari, oilasi uchun yer sotib olib, sag‘ana qildirib qo‘yishmoqda. Bu ishlari to‘g‘rimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qabristonlar omma foydalanishi uchun hukumat tarafidan berilgan umumiy joy hisoblanadi, hech kimning shaxsiy mulki emas.

Shunga ko‘ra unga kimdir egalik qilishi, u joydan yer sotishi yoki sotib olishi mumkin emas. Bizdan avvalgi avlodlar, ota-bobolarimiz qabristondan biror narsani olishga, hatto qurigan giyoh olishdan ham cho‘chiganlar.

Hozirda ham ayrim odamlar qabristondagi meva va o‘t-o‘lanlardan foydalanish haqida ko‘p savol berishlari bejizga emas, ana shu hadikdan paydo bo‘lgan. Ammo ming afsuski, ayrim odamlar tomonidan kimlar bilandir til biriktirib, yer sotib olish holati oz bo‘lsa-da, paydo bo‘lmoqda. Bundan ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki bu nohaqdan yer olish hisoblanadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qattiq ogohlantirib, bunday deganlar: “Kim bir qarich yerni nohaqdan olsa, qiyomat kuni uni yetti qavat yer yutadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Sa’id ibn Zayd roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir qarich yerni zulm ila olsa, qiyomat kuni uning bo‘yniga yetti qavat yer osib qo‘yiladi”, deganlar (Muttafaqun alayh).

Bu ishning qanchalik og‘ir ekanini tushunmagan odamlar turli vositalar bilan bir qarich bo‘lsa ham birovning yerini o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladilar. Islomda bu ish zulm hisoblanadi va katta gunoh sifatida qoralanadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar