Dastlab “Yetti pir”ni ziyorat qilib, ziyoratgohlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ng, eski shahar bo‘ylab sayohatni davom ettirdi.
– Buxoroga ilk kelishimiz, – deydi sayyohlardan biri. – Bu yerdagi insonlarning mehmondo‘stligi, samimiyligini boshqa davlatlarda ko‘rmadik. Men Buxoroga yana kelishga niyat qildim.
Xorijlik ziyoratchilar ziyorat amallarini bajo keltirib, Umra safariga yo‘l oldi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kimki mo‘min va mo‘minalar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min va mo‘mina hisobida bittadan yaxshilik yozadi", deganlar.
Sharh: Agar biror (tanigan va tanimagan) mo‘min-mo‘minaning haqqiga istig‘for aytsangiz, Alloh taolo buning evaziga o‘sha mo‘min va mo‘mina nomidan sizga yaxshilik (savob) yozadi.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin" (Ibrohim surasi, 41-oyat).
Allohim Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar keladigan jamiki mo‘min-musulmonlarning gunohlarini mag‘firat etgin.