Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Qarzdor Jannatga kirmaydi

06.11.2024   4020   1 min.
Qarzdor Jannatga kirmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: نَفْسُ الْمُؤْمِنِ مُعَلَّقَةٌ بِدَيْنِهِ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Mo‘minning ruhi to qarzini ado qilmaguncha qarziga bog‘liq bo‘lib turadi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja, Ahmad rivoyat qilganlar).

Sharh: Mo‘min kishining qarzi bo‘lsa, o‘lganidan keyin unga jannatdagi makoni ko‘rsatilmay turar ekan. Qachon qarzi uzilsa, o‘shandan keyingina ko‘rsatilar ekan. Bunda esa o‘ziga yarasha qabr azobi bor. Birovning haqqi shu darajada ahamiyatli. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham qarzi borlarga o‘zlari janoza o‘qimagan hollari bo‘lgan.

Bundan kim qabrda noqulay holga tushib qolmay, desa, tirikligida o‘zida biror kishining haqqi qolmasligi uchun harakat qilishi lozim.

«Hadis va hayot» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Eng afzal sadaqa - suv ulashish

18.06.2025   2038   1 min.
Eng afzal sadaqa - suv ulashish

Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: (odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).