Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Alloh va Jabroilning salomini olgan AYOL

06.11.2024   4876   1 min.
Alloh va Jabroilning salomini olgan AYOL

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Bir kuni Jabroil alayhissalom Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Mana, Xadicha qo‘lida bir idish bilan huzuringizga kelyapti. Unda nonxurush (yoki taom) va ichimlik bor. U huzuringizga yetib kelganida unga Robbi azza va jalladan va mendan salom ayting va unga jannatda la’ldan qilingan, g‘avg‘o ham, qiyinchilik ham bo‘lmaydigan uyning xushxabarini bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh va Jabroil alayhissalomning salomlarini suyukli yorlari Xadicha onamizga yetkazdilar. U zot ham salomlarni ulkan mamnuniyat ila qabul qildilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamizning jannatdagi mavqeini bunday ta’riflaydilar: «Jannat ayollarining eng yaxshilari Xadicha, Fotima, Maryam va Osiyodir». Bu boradagi boshqa bir hadisning ma’nosi quyidagicha: «Dunyoda ham, oxiratda ham to‘rtta qadrli ayol bor. Imronning qizi Maryam, Fir’avnning xotini Osiyo, Xuvaylidning qizi Xadicha va Muhammadning qizi Fotima». Hazrati Aliy roziyalloxu anxu ham Payg‘ambarimiz alayhissalomning bunday deganlarini aytadi: «(Zamonasining) eng yaxshi ayoli Maryam bintu Imrondir. (Zamonasining) eng yaxshi ayoli Xadicha bintu Xuvayliddir».

«Millioner sahobalar» kitobidan

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imomning qiroati kifoya

20.06.2025   1543   1 min.
Imomning qiroati kifoya

Hanafiy mazhabida imomga iqtido qiluvchi imom orqasida xoh jahriy namozda, xohi maxfiy namozda qiroat qilmaydi.

Bunga dalil Payg‘ambarimiz alayhissalomning so‘zlaridir: «Kimning imomi bo‘lsa, bas, imomning qiroati uning ham qiroatidir», deb aytganlar.

Mana shunga sahobai kiromlar ham ijmo’ qilishgan. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: «Qachon qiroat qilinsa, bas, jim turing!»  Imom Muslim rivoyati.

Abu Hanifa va Abu Yusuf roziyalohu anhumlar nazdida: Imomga iqtido qilgan kishining qiroat qilishi makruh bo‘ladi, bundan murod makruhi tahrimiydir.

Chunonchi, Hazrati Ali karramallohu vajhahu bunday deganlar: «Kimki imom orqasida qiroat qilsa, batahqiq, sunnatni xato bajaribdi!»

Shunday ekan imomga ergashuvchi har bir namozxon imomga iqtido qilib ergashdimi, imomni qiroatini eshitishi va sukut saqlab jim turishi kerak bo‘ladi. Shunda ado etiladigan ibodatlar mukammal, bexato bo‘ladi.

Hanafiy mazhabining masalasiga binoan, fiqhiy matn kitoblari ko‘rsatmasiga amal qilgan holda barcha namozlarda imom orqasida muqtadiy jim turishi talab etiladi. Aks holda, makruhi tahrimiy ishni qilib qo‘yish mumkin.

Abdug‘affor Nishonov,

Pop tumani "Soy" jome masjidi imom-xatibi

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA