Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2025   |   13 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:20
Quyosh
06:38
Peshin
12:37
Asr
16:41
Shom
18:30
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2025, 13 Ramazon, 1446

Sahobaning Rasul alayhissalomga muhabbati sabab nozil bo‘lgan oyat

8.11.2024   6369   1 min.
Sahobaning Rasul alayhissalomga muhabbati sabab nozil bo‘lgan oyat

Payg‘ambar alayhissalomning sahobalarining ichida U zotning mavlolari Savbon roziyallohu anhu bo‘lib, Nabiy alayhis salomga g‘oyat muhabbatli, u zotni ko‘rmasa turolmas edi.


Bir kuni Savbon Payg‘ambar alayhis salomning huzurlariga rangi bo‘zargan xolda keldi. Yuzida chuqur mahzunlik bor edi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Ey Savbon, senga nima bo‘ldi, bemormisan?”, dedilar. Savbon: “Yo‘q, men bemor emasman, hech qayerim og‘rimayapti. Buning sababi sizni sog‘inchingiz, yo Rasulullh. Agar sizni ozgina ko‘rmasam qattiq sog‘inaman, hatto sizni ko‘rmagunimcha bu sog‘inch-iztirobim bosilmaydi.


Bugun ana shunday sog‘inch ortidan oxiratni o‘ylab qattiq qo‘rqib kettim. Siz jannatda baland darajaga, nabiylar bilan ko‘tarilib ketsangiz. Men ham jannatga kirsamu, ammo meni darajam siznikidan past bo‘lib, u yerda sizni sog‘insam ko‘rolmaymanmi?” dedi. Payg‘ambar alayhissalom jim turib qoldilar.


Shunda Jabroil alayhissalom mana bu oyatni olib keldilar: “Kim Allohga va Rosulga itoat qilsa, bas, ana o‘shalar Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi” (Niso surasi, 69-oyat).  


Bu oyat Savbon roziyallohu anhuning sevgisi sabab ummatga baraka oyati bo‘ldi. Sizu biz ham Allohga itoat qilib, Rosulullohni sevib u zotni sunnatlariga ergashsak, jannatda u zot bilan birga bo‘lamiz. Payg‘ambar alayhissalom boshqa bir hadislarida: “Kishi (jannatda)sevgani bilan birga bo‘ladi”, deb marhamat qilganlar. 

Zohidjon qori No‘monov,

Namangan shahridagi “Mulla bozor oxund”

 jome masjidi imom xatibi

Boshqa maqolalar
Videolar

Ilm – mashaqqat ustiga barpo bo‘lur!

11.03.2025   3558   1 min.

Imom Dorimiy Abdulloh ibn Abdurahmon Qushayriydan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar Dovud alayhissalom: “Ilm sohibiga temirdan bo‘lgan oyoq kiyim olishni va asosi sinib, oyoq kiyimi teshilguncha (ya’ni, yaroqsiz holga kelguncha) ilm talab qilishni ayt”, deganlar. 

 

 

VIDEO