Yahyo domla Ubaydulloh o'g'li,
Olmazor tumani ''Imom at-Termiziy'' jome masjidi imom xatibi
00:00 Kirish
00:35 Juma bilan tabriklash haqida
2:09 Safarning bir necha turlari bor
05:59 Safardagi tafakkur va undagi foydalar
12:11 "Hatto go‘rimda ham qo‘shni qilmasin"
14:58 Tijorat maqsadidagi safar
16:56 Safar qiling va kazzoblarni oqibatini eslang!
23:59 Safarda ko‘zlanadigan ishlar
26:00 Safarga tegishli masalalar
32:40 Safardagi namoz, rahbar va mahram bilan chiqish masalasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ro‘za tutish uchun saharlikka turish mustahab amal ekanligiga butun ummat ijmo’ qilgan. Uni tark qilgan gunohkor bo‘lib qolmaydi, albatta.
Imom Buxoriy va Imom Muslim Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qilganlar:
تسحروا فانّ السحور بركة
«Saharlik qilinglar! Zero, shak yo‘qki, saharlik barakadir!».
Miqdom ibn Ma’dikaraba roziyallohu anhu rivoyatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bu saharlikni o‘zingizga lozim tutinglar! Zero, bu muborak oziqdir», dedilar.
Imom Nasoiy rivoyat qilgan.
Barakaning sababi ro‘zador quvvatli bo‘ladi, xursand bo‘ladi, ro‘za tutishi oson bo‘ladi. Boz ustiga, oxiratdagi savobi ham bor.
Shuning uchun saharlik qilish kerak. U ozgina taom, garchi bir qultum suv bo‘lsa ham kifoya qiladi.
Imom Ahmad Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar:
السحور بركة فلا تدعوه ولو ان يجرع احدكم جرعة ماء فانّ الله وملائكته يصلون على المتسحرين
«Saharlik barakadir. Shuning uchun, hech biringiz uni bir qultum suv ichib bo‘lsa ham tark qilmanglar. Zero, Alloh taolo va uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salovot ayturlar».
Saharlik qilishning vaqti tun yarmidan boshlab to tong otgungachadir. Lekin, kechiktirib saharlik qilish avlodir. Ya’ni, tong otishidan sal oldin saharlik tugatilishi yaxshiroq.
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu aytadilar: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga saharlik qilar edik. So‘ng namozga turar edik. «Ikkovining orasi qancha vaqt edi?» – deb so‘raldi.
U: «Ellik oyat o‘qish miqdoricha edi», dedi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
Tobeinlardan Amr ibn Maymunadan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as'hoblari odamlar ichida iftorga eng shoshadigani, saharlikni eng kechiktiradigani bo‘lgan ekanlar.
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Ammo, shuni bilmoq kerakki, saharlikni kechiktirganda, agar tong otib ketdi, degan gumon bo‘ladigan bo‘lsa, unda yeb-ichib o‘tirish makruh bo‘ladi. Tong otgani aniq bo‘lganda yeyish esa, ro‘zani buzadi.