Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ikkinchi duo:
«Bizga Allohning O‘zi kifoya, U Zot naqadar yaxshi vakil!» (Oli Imron surasi, 173-oyat).
Mushriklar Ibrohim alayhissalomni olovga uloqtirganida u zot shunday duo qilganlar. Alloh taoloning irodasi bilan olov Ibrohim alayhissalomni kuydirmadi, salomat saqladi, u zotga hech qanday ozor yoki zarar yetmadi. U zot dahshatli gulxan ichidan sog‘-salomat chiqib keldilar.
Alloh taolo aytadi: «(Mushriklar) «Uni olovga tashlanglar! Qo‘lingizdan kelsa, ilohingizga yordam bering!» deyishdi. Biz esa «Ey olov, Ibrohim uchun salqin bo‘l, salomatlik bo‘l!» dedik. Ular unga (Ibrohimga) yomonlik qilmoqchi bo‘lishdi, Biz esa ularning o‘ziga eng katta ziyonni yetkazdik» (Anbiyo surasi, 68-70-oyatlar).
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan