Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab, joriy yilning 11–16-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkaziladi. https://t.me/DinQumita
Haftalik doirasida Respublika umumtaʼlim maktablarida “Bagʻrikenglik mening nazdimda” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovlari, “Mening bagʻrikeng dunyoim” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bagʻrikenglikni targʻib qiluvchi sheʼrxonlik kechalari;
Respublika oliy taʼlim muassasalarida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzularida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar, “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbatlari boʻlib oʻtadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Homidjon domla Ishmatbekov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari
Kanalimizdan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari tomonidan berilgan ishonchli javoblarni olishingiz mumkin.