frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

O‘zbekistonning ahillikni ta’minlashdagi ezgu tashabbuslari boshqa davlat uchun ham ibratdir

11.11.2024   7216   2 min.
O‘zbekistonning ahillikni ta’minlashdagi ezgu tashabbuslari boshqa davlat uchun ham ibratdir

Mamlakatimizda boshlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” ma’rifiy loyihasi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik masalalari davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini yana bir karra namoyish etmoqda.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Azamat Toshev bu haqda quyidagilarni gapirib berdi: 

– Aslida bag‘rikenglik o‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan fazilat. Agar butun dunyoda tolerantlik “toqat etish”, “sabr” kabi tushunchalarni anglatsa, bizda bag‘rikenglik odamiylik, odamgarchilik kabi tushunchalar bilan hamohangdir.  

Darhaqiqat, keyingi yillarda inson sha’nini ulug‘lash, yoshlarni milliy va umumbashariy ezgu g‘oyalar asosida tarbiyalash, tinchlikparvar siyosat olib borish, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan samimiy munosabatlarni o‘rnatish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ilg‘or tashabbuslardan sanaladi.  

2017 yilda bu boradagi amaliy ishlar jahon e’tibori va e’tirofiga tushdi. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilindi.  

Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik va turli millatlar o‘rtasida ahillik masalalari “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan.  

Bugungi kunda qo‘mitamiz tomonidan millatlararo munosabatlar sohasida amaliy ishlar olib borish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish, chet eldagi vatandoshlar bilan muloqot o‘rnatish borasida samarali faoliyat yuritilmoqda.  

Aytish kerakki, milliy madaniyat markazlari faoliyati uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ularning rahbarlari endilikda oylik ish haqi asosida ishlamoqda. Mamlakatimizning hududlarida bir qator “Do‘stlik uylari” barpo etildi. Milliy madaniyat markazlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ta’lim o‘zga tillarda olib boriladigan maktablarga o‘quv darsliklari va badiiy adabiyotlar doimiy  yetkazib berilmoqda. Milliy madaniyat markazlarining ma’rifiy loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament  komissiyasining fondi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.  

Mamlakatimizga xorijdan kelayotgan mehmonlar bugungi kunda O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasidagi ezgu ishlarni ibrat sifatida juda yuksak e’tirof etmoqda.  

Albatta, ezgu ishlar "Bag‘rikenglik haftaligi" bilan cheklanib qolmaydi. Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar bardavomligi bilan diqqatga sazovor.  

Nazokat Usmonova yozib oldi.

O‘zA

O‘zbekistonning ahillikni ta’minlashdagi ezgu tashabbuslari boshqa davlat uchun ham ibratdir
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

28.08.2026   49   2 min.
Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga

27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Kirish nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning munosib hissasi haqida alohida ta’kidlandi.

Tantanali tadbir davomida diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Esdalik nishonlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zokirovlar ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va e’tirof ramzidir.

Tadbir yakunida taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini ta’kidladilar.

 Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari