frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

11.11.2024   35395   1 min.
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11–16 noyabr kunlari yurtimiz bo‘ylab Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkaziladi. 


Ushbu haftalik doirasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida Xalqaro press-klub bo‘lib o‘tdi. 


Unda bir qator tashkilotlar, milliy madaniy markaz rahbarlari va konfessiya vakillari ishtirok etdi. 


Spikerlar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan  millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik  siyosatiga yuqori baho berib, yurtimizda keng nishonlanadigan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi do‘stlik rishtalarining  rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Uyga kirishda bajariladigan 4 amal

04.08.2026   18812   1 min.
Uyga kirishda bajariladigan 4 amal

1. “Bismillah” ni aytish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Qachonki kishi uyiga kirsa, kirishida ham, taomi ustida ham Allohni zikr qilsa, shayton (sheriklariga): «Sizlarga o‘rin ham yo‘q, ovqat ham yo‘q», deydi. Agar kirganida Allohni zikr qilmasa, shayton: «Joylaringizni topdingiz», deydi. Taomi ustida ham Allohni zikr qilmasa, shayton: «Joyingizni ham, taomingizni ham topdingiz», deydi» (Imom Buxoriy rivoyati).

2. Kirish duosini aytish:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kishi uyiga kirganda:

“Allohumma, inniy asaluka xoyrol mavlaji va xoyrol maxroji. Bismillahi valajnaa va bismillahi xorojnaa va ’ala Allohi Robbinaa tavakkalnaa”

“Allohim, Sendan yaxshi kirish va yaxshi chiqishni so‘rayman. Allohning nomi bilan kirdik, Allohning nomi bilan chiqdik. Robbimiz Allohga tavakkal qildik, desin va ahliga salom bersin» (Imom Abu Dovud rivoyati).

3. Uydagilarga salom berish.

Alloh taolo bunday buyuradi: “Bas, qachonki, uylarga kirsangiz, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak, pokiza salomni aytingiz (ya’ni “Assalomu alaykum” deng!)” (Nur surasi, 61-oyat).

4. Og‘izni misvok bilan tozalash.

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyga kirganlarida birinchi bo‘lib misvok ishlatardilar” (Imom Muslim rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar