Bismillahir Rohmanir Rohiym
Uchinchi duo:
«Menga katta zarar yetdi, rahmlilarning rahmlisi O‘zingsan!»
Ayyub alayhissalom ahli oilasidan, mol-dunyosidan ayrilib, og‘ir bemor bo‘lib qolganlarida shunday deb duo qildilar. Alloh u zotdan musibatni ketkazib, dardlariga shifo berdi, yana farzandlar ato etdi.
Alloh taolo aytadi:
«O‘shanda Ayyub Robbiga: «Menga katta zarar yetdi, rahmlilarning rahmlisi O‘zingsan!» deb nido qildi. Biz bu duoni ijobat qilib, unga yetgan zararni ketkazdik. Biz O‘z huzurimizdan rahmat, obidlarga eslatma o‘laroq unga ahli oilasini qaytarib, yana shuncha ato etdik» (Anbiyo surasi, 83-84-oyatlar).
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.
Shayx Abu Ali Termiziy rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ushbu duoni har bir namoz ortidan o‘qisa, albatta olim bo‘ladi", dedilar. Duo budir:
“Robbi zidniy ’ilman, va vassi’ liy rizqan. Va barik liy fiyma rozaqtaniy. Vaj’alniy mahbuuban fiy quluubi ’ibadika va ’azizan fiy ’uyunihim. Vaj’alniy vajiyhan fid dunya val axiroti va minal muqorrobiyn.
Ya kasiyron navvaal, ya hasanal fi’aal, ya qoiman bilaa zavaal! Ya mubdi’an bilaa misaal! Lakal hamdu va lakal minnatu va lakash sharafu ’alaa kulli haal!”.
Ushbuni u zot shayx Ibrohim Zamzamiyning xati bilan “An nafasul yamaaniy”da zikr qilganlar.