Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446

Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi

12.11.2024   10463   1 min.
Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi

Shu yil 9 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramiddin Razovning boshchiligidagi qoziyot xodimlari, tumanlar bosh imomlari va hojilardan iborat guruh Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Salmen eshon”, “Allahberdi Aziz”, “Muhammmad Baxiy eshon” va “Yerejep biy” masjidlarining ish faoliyatini o‘rganish, imom-xatiblar bilan tajriba almashish, ularga amaliy ko‘rsatmalar berish maqsadida tadbir tashkil qilindi.


Tadbirda masjidlar atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi notinch, yordamga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan ham xabar olinib, ularga moddiy yordamlar berish ham belgilangan.


Bosh imomlar masjidlarda amalga oshirilgan tozalash, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, masjidlarda ish yuritish hujjatlari bilan tanishdi. Mazkur masjidlarda peshin namozidan so‘ng “Masjid odobi”, “Tinchlik va xotirjamlik – oliy ne’mat”, “Shukronalik» mavzularida maruzalar qilindi.

D.Bekanov,

 Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi Imom-xatiblar tajribasi oshirilib, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi
Boshqa maqolalar

Ahli sunnaning mo‘tabar imomlari

20.06.2025   4202   1 min.

 

Hasan domla Qodirov"Siroj Solih" jome masjidi imom-xatibi

Ulashing: ‪@ahlisunnavaljamoauz‬