frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

"O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi

12.11.2024   50918   1 min.

Bag‘rikenglik haftaligi doirasida 12 noyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor" nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazmada 60 dan ortiq fotoasarlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda mavjud yirik diniy konfessiyalar rahbarlarining o‘zaro do‘stona aloqalarini, mamlakatimizdagi turli diniy tashkilotlar, ibodatxonalar, ularning emin-erkin faoliyatini, bayram va tantanalar, diniy urf-odatlarni namoyish etuvchi fotosuratlar jamlangan. 

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan fotoasarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik aks ettirilgani haqida so‘z yuritilidi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

20.08.2026   1724   1 min.
Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.

Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.

Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.

Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari