Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

"Laa ilaha illalloh"ning mukofoti

13.11.2024   3776   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Yusuf alayhissalom Misrga pod­shoh bo‘lganlaridan keyin bir kuni qasrdan ko‘chaga qarab tursalar, juldur kiyimdagi notavon bir yigit­ga ko‘zlari tushdi. Uning holatiga rahmlari kelib, qalblari ezildi.
Shu onda Jabroil alayhissalom kelib: – Ey Yusuf, siz bu yigitni tani­dingizmi? – deb so‘radilar.
Yusuf alayhissalom: – Yo‘q, – de­dilar. 
Jabroil alayhissalom: – Eslay­sizmi, Misr azizining xotini sizni ortingizdan quvib ki­yimingizni orqadan yirtib yuborganda, Misr aziziga guvohlik uchun beshikda yotgan emizikli bolani olib kelishgan va u go‘dak sizni beayb ekaningizga guvohlik bergan edi. Shu go‘dakning gapiga ko‘ra Aziz sizni kechirgan edi.
Yusuf alayhissalom: – Ha, albatta eslayman, – dedilar.
Jabroil alayhissalom: – O‘sha go‘dak mana shu yigit bo‘ladi, – dedilar.
Yusuf alayhissalom yigitni huzur­lariga cha­qirtirib keldilar va unga juda katta iltifot ko‘rsatdilar, egniga yangi liboslar kiydirdilar.
Buni kuzatib turgan Jabroil alay­hissalom tabassum qildilar.
Jabroilning tabassum qilganini ko‘rgan Yusuf alayhissalom: – Ey Jab­roil, nega tabassum qil­yapsiz? Men uning haqidan ozroq narsa berdimmi? – deb so‘radilar.
Jabroil alayhissalom: – Yo‘q. Me­ning tabassum qilishimning boisi, Siz uning bir martagina guvohlik bergani uchun shuncha izzat-ikrom ko‘r­satdingiz. Alloh taolo Undan boshqa iloh yo‘q ekaniga bir kunda bir necha marta shahodat kalimasini aytib guvohlik beradigan bandasiga qancha izzat-ikrom ko‘rsatishini o‘ylab tabassum qildim, – dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV
tarjimasi

Boshqa maqolalar

Arafa kunining duosi

04.06.2025   4552   1 min.
Arafa kunining duosi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.