Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446
Maqolalar

Mumsik bo‘lmang!

14.11.2024   3633   1 min.
Mumsik bo‘lmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ يَوْمٍ يُصْبِحُ الْعِبَادُ فِيهِ إِلَّا مَلَكَانِ يَنْزِلَانِ، فَيَقُولُ أَحَدُهُمَا: اللَّهُمَّ أَعْطِ مُنْفِقًا خَلَفًا، وَيَقُولُ الْآخَرُ: اللَّهُمَّ أَعْطِ مُمْسِكًا تَلَفًا. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Bandalar tong ottirgan har bir kunda albatta, ikki farishta nozil bo‘ladi. Ulardan biri: «Allohim! Infoq qiluvchiga evaz bergin», deydi. Ikkinchisi esa: «Allohim! Ziqnaga yo‘qotish bergin», deydi» (Ikkisini ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar).

Har kuni ertalab yer yuziga ikkita farishta ma’lum vazifa bilan tushar ekan. Ulardan birining vazifasi molu dunyosini infoq qiluvchi kishiga o‘sha moli o‘rniga undan ko‘ra yaxshiroq evaz so‘rab, nido (duo) qilish ekan. Ikkinchi farishtaning vazifasi esa ziqna, xasisning moli talofatga uchrashini tilab, duo qilib turish ekan.

Albatta, farishtalarning duosi maqbuldir. Shuning uchun hech qachon mumsik bo‘lmaslik kerak. Doimo molni Alloh ko‘rsatgan joylarga infoq qilishga, shu jumladan, zakotni ham o‘z o‘rniga ado etishga harakat qilish lozim. Uni Allohning yo‘lida yetkazish payidan bo‘lish kerak. Zero, Allohning yo‘lida sarflangan mol hech qachon zoye ketmaydi. Aksincha, infoq qilingan, zakoti chiqarilgan molga baraka kiradi. Farishtalarning duosi ila ketgan molning o‘rniga undan ko‘proq va yaxshirog‘i keladi.

«Hadis va hayot» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Amerikalik olimning mashhur kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi

7.03.2025   5918   1 min.
Amerikalik olimning mashhur kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan dunyo jamoatchiligining e’tirofini qozongan kitoblardan biri o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Amerikalik tarixchi va jurnalist Frederik Star qalamiga mansub “Yo‘qolgan tamaddun” (Lost Enlightenment) nomli ushbu kitobda O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatining qadim davrlardan Temuriylar davrigacha bo‘lgan taraqqiyoti keng yoritilgan.  

Ayniqsa, IX-XII asrlarda mintaqada kuzatilgan madaniy va ilmiy yuksalish jarayoniga alohida e’tibor qaratilgan. O‘rta Osiyo tarixning har bir davrida dunyo tamaddunining beshiklaridan biri bo‘lib kelganiga urg‘u berilgan.

Muallif o‘z asarida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini chuqur tahlil qilib, bu mintaqaning jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini faktlar asosida ochib bergan. Ahmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk olimlarning hayoti, ilmiy faoliyati va madaniy merosi xususida muhim qarashlar ilgari surilgan.  

Asar mintaqa ilm-fani va madaniyatining muhim jihatlarini ochib berishi bilan birga uning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini anglashga ham yordam beradi.

Kitobni nashrga tayyorlash jarayonida O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ko‘magida muallif bilan muloqot o‘tkazilib, rasmiy nashr uchun rozilik olindi.  

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etiladigan kitobni O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga tarqatish ko‘zda tutilgan.  

Ta’kidlash joizki, “Yo‘qolgan tamaddun” asari ilmiy jamoatchilik barobarida O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun muhim va foydali manba sifatida xizmat qiladi.

N.Usmonova, O‘zA

MAQOLA