Avval xabar berganimizdek, shu yilning 11–16 noyabr kunlari respublikamizning barcha hududida "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi.
Haftalik doirasida yurtimiz bo‘ylab insholar tanlovlari, eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi she’rxonlik kechalari, shuningdek, matbuot anjumanlari, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda konsert dasturlari katta shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasidagi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.