Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Mazhab imomlari so‘zini Payg‘ambarimiz ﷺning so‘zlaridan ustun qo‘yish mumkinmi?

15.11.2024   5737   2 min.
Mazhab imomlari so‘zini Payg‘ambarimiz ﷺning so‘zlaridan ustun qo‘yish mumkinmi?

Sohta salafiylarga o‘xshagan mazhabni inkor qiluvchi toifalar orasida shunday savol yuradi: "To‘rt mazhab imomlarining so‘zlarini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan ustun qo‘yish mumkinmi?".

Aslida, bu juda ham chalg‘ituvchi savol hisoblanadi. Aslida biz to‘rt mazhab imomlarining so‘zlarini Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan ustun qo‘ymaymiz, balki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini tushunishda ularning tushunchalarini o‘zimiznikidan afzal deb bilamiz.

Fiqhiy hukmlarda gohida Imomi Abu Hanifa, Imomi Molik, Imomi Shofe’iy yoki Imomi Ahmad hadisning zohiriy ma’nosiga zid bo‘lgan fikr bildirishgan holatlar bor. Buning sababi hadisning zaifligi yoki uning sahobiy yoki tobeinda to‘xtagani, boshqa hadis bilan bekor qilingani yoki uning sanad va matn jihatdan boshqalardan pastligini ko‘rganliklari sababli bo‘ladi.

Yosh va ilmda tajribasiz yigitlar esa, ba’zi imomlarning "Agar hadis to‘g‘ri bo‘lsa, u mening mazhabimdir" yoki "agar mening mazhabim hadisga zid kelsa, mening mazhabimni devorga uring", "hammaning gapi qabul qilinishi ham, rad etilishi ham mumkin, faqat ushbu qabr sohibi bundan mustasnodir" degan so‘zlarini qo‘llab, jamoatning fikrini chalg‘itmoqchi bo‘ladilar.

Haqiqat shuki, imomlar — Alloh ulardan rozi bo‘lsin — bu gaplari bilan faqat ularga yetib kelmagan hadislarga ishora qilganlar, ammo bu juda kamdan-kam uchraydi. Ularga yetib kelgan hadislarni tushunishda ijtihod qilganlar va o‘z qoidalari asosida ulardan hukm chiqarganlar.

Bir hadisning imomlarga yetib kelmaganini isbotlash juda qiyin, chunki ular barchasi ham hadis bilimdonlari sanaladilar. Masalan, Imomi Molikning "Al-Muvatto", Imomi Abu Hanifaning "Musnad", Imomi Shofe’iy va Imomi Ahmadning ham "Musnad" asarlari bor. Ular va mazhab izdoshlari ham hadis bilimdonlari bo‘lib, ulardan hech narsa maxfiy qolmagan. Aslida sunnat bizlarga ular orqali, ularning mazhabdagi izdoshlari orqali yetib kelgan.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi

11.01.2025   14860   1 min.
Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi

Shu yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov rahbarligida Vobkent tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib, mahalla domlalari va nuroniy otaxonlar ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Sayyor yig‘ilish davomida barcha imom-xatib va imom-noiblar o‘zlariga biriktirilgan MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratishi, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish kabilarni alohida ta’kidlandi. Shundan so‘ng barcha imom-xatiblar mahalla nuroniylari bilan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarga chiqishdi.


Shu kunning o‘zida sayyor qabul ishtirokchilari 50 dan oshiq xonadon holidan xabar oldi. Jumladan, Ko‘liodina mahallasida yashovchi yuz yoshni qarshilagan mehnat faxriylarini ziyorat qildi. So‘ngra shu mahallada istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironlari, moddiy ko‘makka muxtojlar, ijtimoiy ko‘makka  muhtojlarning xonadonlaridan xabar olinib, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar uyushtirildi va homiylar ishtirokida moddiy jihatdan ko‘maklar berildi.


Shuningdek, Viloyat bosh imomi rahbarligida hamda Vobkent tumanidagi imom-xatiblar ishtirokida 2024 yil zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 120 o‘rinli 12-maktabgacha ta’limda vatanimiz kelajagi bo‘lmish jajji bolalar bilan uchrashib, ularga xursandchilik ulashildi.


Kunning ikkinchi qismida viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tumandagi  Abdulazizxon jome masjidida peshin namozida bo‘lib, yig‘ilgan jamoatga "Shukronalik", "Sof islom ta’limoti", "Tinchlik ne’mati" mavzularida ma’viza qildi va keng jamoat ishtirokida yurtimiz haqqiga duoi xayrlar so‘raldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi Buxoro imom-xatiblari sayyor yig‘ilish o‘tkazdi