O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent tumani "Rahim ota" jome masjidi imom noibi Azimjon domla Karimovning farzandi anjumandi vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumaning yaqinlariga, xususan, Azimjon domla Karimovga hamdardlik bildiramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
muslim.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 31 may sanasida Mir Arab oliy madrasasini 32 nafar, Imom Termiziy o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasini 23 nafar bitiruvchi bitirdi.
Bugun, 3 iyun kuni esa Andijon viloyatidagi "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2021-2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil diniy oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan 119 nafar bitiruvchidan 15 nafari ayol-qizlar, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirayotgan 436 nafardan 56 nafari ayol-qizlardir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati