Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2025   |   9 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:56
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2025, 9 Zulhijja, 1446

Bir oyat sababli Islomni qabul qilgan professor

18.11.2024   5824   1 min.
Bir oyat sababli Islomni qabul qilgan professor

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Doktor Atsushi Kamal Okuda Tokiodagi Keyo universitetida siyosiy tizimlardan dars beradi. Doktor Okuda Qur’oni karimning bir oyati sababli Islomni qabul qildi. Musulmon bo‘lguniga qadar o‘z hayoti haqida bunday dedi: Islomdan oldin hayotim juda tartibsiz edi. Musulmon bo‘lganimdan keyin yaratilishimizning asl haqiqatini angladim. Alloh taolo meni hidoyatiga boshlagani hayotimdagi eng baxtli kundir”.

Doktor Atsushi Kamal hayot haqiqatini izlab ko‘plab dinlarni o‘rgandi, lekin ular uning savollariga javob bera olmas, bundan uning hafsalasi pir bo‘lardi.

Kunlarning birida bir musulmon olimning maqolasini o‘qib qoladi. Maqoladagi insoniyatning kelib chiqishi haqidagi oyatlar Okudaning e’tibori tortadi, chunki u hech qachon bunga o‘xshash ma’lumotlarni o‘qimagan edi. Doktor Atsushi Kamal Okudaning Islomni qabul qilishiga ushbu oyat sabab bo‘lgandi: “Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik” (Hijr surasi, 26-oyat).

Doktor Okuda Islom tenglikni targ‘ib qiluvchi din ekanini tushunib yetadi. Islom dinini yaxshiroq o‘rganadi va nihoyat Islomni qabul qiladi.

Bugungi kunda doktor Atsushi Yaponiyada Islom dinini yoyishga xizmat qilmoqda. Islomni qabul qilish Alloh taoloning eng ulug‘ ne’mati ekanini hamisha ta’kidlab keladi. Doktor Okuda: “Alloh taolo menga Islomni berdi va buni boshqalar bilan baham ko‘rishni o‘zimning burchim deb bilaman” deya ko‘p bora takrorlaydi va ushbu oyatni eslatadi: “Albatta, bu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo‘lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz(An’om surasi, 153-oyat).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Hajda tosh nima uchun otiladi?

02.06.2025   4018   1 min.
Hajda tosh nima uchun otiladi?

— Haj vaqtida ziyoratchilarimiz shaytonga tosh otishadi. Tosh nima uchun otiladi?

— Darhaqiqat, haj vaqtida qilinadigan amallardan biri bu – Minoda shaytonga tosh otishdir. Shayton hamma yerda ham bo‘lishi mumkin. Aynan hajda va ma’lum joylarda shaytonga tosh otish, shayton o‘sha vaqt va joylarda Ibrohim alayhissalomga qutqu solganda u zot uni tosh otib quvganlari uchundir. Bunda shaytonga qarshi kurashning ramzi bordir.

Shaytonga tosh otish, avvalo ichdagi shaytonni toshbo‘ron qilish ila boshlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Shaytonga tosh otish va Safo bilan Marva orasida say’ qilmoq, faqat Allohning zikrini qoim qilmoq uchun amr qilingandir”.

Yana tosh otishdan maqsad, shaytonni yomon ko‘rishdir. Tosh otilar ekan, shayton qalbga vasvasa solganida “A’uzubillahi minashshaytonir rojim” (toshbo‘ron qilingan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rayman) ifodasi bilan bartaraf etish lozim.

Mo‘minlar shaytonning har turli fasodlariga qarshi o‘yg‘oq bo‘lishga harakat qilishi zarur. Haj safari asnosida esa vasvasalarga yengilmaslik, sabr qilish va imtihon ekanini tushunib, haj ibodatini mukammal ado etishdir.

Ustoz Muhammad Ayyub Homidov