Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Odam alayhissalom aytgan ilk so‘z...
2. Qur’oni karimdagi birinchi kalima...
3. Ne’matlarni ziyoda etuvchi...
4. Jannat ko‘chati...
5. Qiyomat kuni odamlarning eng afzali bo‘lishiga sabab bo‘luvchi...
6. Hursandchilikda ham, xafachilikda ham aytiladi...
7. Eng afzal duo...
Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhin nushur
Ma’nosi: Bizni vafot ettirgandan keyin qayta tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Qayta tirilish Uning O‘zigadir.
Alhamdu lillahillaziy rodda ’alayya ruhiy va ’afaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi
Ma’nosi: Menga ruhimni qaytargan, jismimga ofiyat bergan va zikrini qilishimga izn bergan Allohga hamd bo‘lsin.
Yaa Robbi lakam hamdu kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonik
Alhamdulillah, Alhamdulillah, Alhamdulillah......
Davron NURMUHAMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 31 may sanasida Mir Arab oliy madrasasini 32 nafar, Imom Termiziy o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasini 23 nafar bitiruvchi bitirdi.
Bugun, 3 iyun kuni esa Andijon viloyatidagi "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2021-2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil diniy oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan 119 nafar bitiruvchidan 15 nafari ayol-qizlar, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirayotgan 436 nafardan 56 nafari ayol-qizlardir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati