Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
1) Avvalo OTA-ONANING ruxsatlarisiz telefonlariga mutlaqo tegmaslik;
2) agar ULAR ruxsat bermasalar, telefonlarini “Sms”, “Imena”, “Kontaktie” va boshqa joylarini o'qimaslik va qaramaslik;
3) OTA-ONANING gaplashganlarini eshitmaslik va poylamaslik;
4) OTA-ONAGA qo'ng'iroq qilayotganda kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va noo'rin qo'ng'iroq qilmaslik;
5) OTA-ONAGA qo'ng'iroq qilganda mabodo javob bo'lmasa, har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti o'tgandan so'ng lozim bo'lsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bo'lmasa, takroran qilinmaydi. Agar etkazilmoqchi bo'lgan xabar tezkor, o'ta muhim, juda ham zarur bo'lsa, yozma shaklda yuboriladi;
6) gaplashib bo'lgandan so'ng ULAR telefonni o'chirmagan bo'lsalar, qiziqib eshitib turmasdan, darhol telefonni o'chirish;
7) OTA-ONA bilan telefonda so'zlashganda ULARNING hurmatlarini bilib, beizn ULARNING vaqtlarini ortiqcha ko'p olmaslik;
8) OTA-ONA bizga telefon qilsalar, tezkor yonimizdagilarni ogohlantirib, uzr so'rab, darhol OTA-ONAGA javob beriladi;
9) OTA-ONADAN kelgan qo'ng'iroq, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, darhol munosib javob qaytarish;
10) OTA-ONADAN kelgan qo'ng'iroq, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga o'z vaqtida javob qaytaraolmaganda, albatta darhol qaytarib telefon qilib, kechirim so'rash va tezkor munosib javob qaytarish;
11) siz telefon qilgan vaqtda OTA-ONA javob beraolmagan bo'lsalar, OTA-ONADAN aslo xafa bo'lmaslik;
12) OTA-ONANING oldilarida telefon o'ynamaslik. Chunki bunday qilish – OTA-ONAGA nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik, beodoblik hisoblanadi. Agar jiddiy zarurat tug'ilib qolsa, ULARGA uzrini aytib, ruxsat so'raladi. Agar OTA-ONA ijozat bersalargina, telefon bilan mashg'ul bo'linadi;
13) OTA-ONAGA telefon qilayotganda: «Kim bu?» deyilmaydi. Balki avval salom berib, o'zini tanishtirib, kerakli odamni so'raladi;
14) OTA-ONANING telefonlarini o'zinikidan yaxshiroq va zo'rroq telefon qilib berish;
15) OTA-ONANING telefonlarini pullarini to'lab turish;
16) OTA-ONA bilan suhbatlashganda «Alo?», «Hello?», «Ha?», «Alyo?», «Da?» so'zlarni o'rniga «Assalomu alaykum!», «Labbay?», «DADAJON?!», «ONAJON?!», «Eshitaman?», «Hizmatingizdaman!..», «Qulog'im sizda...», «Hizmatingizga tayyorman!..», «Doim xizmatingizdaman!..», «Hizmatingizga doim tayyorman!..», «Amringizga muntazirman!..» kabi iboralarni ishlatish;
17) telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol o'chirmasdan, balki ULAR bilan xayrlashib, OTA-ONAGA yaxshi tilaklar tilab, OTA-ONA telefonlarini o'chirganlaridan so'nggina telefonni o'chirish mumkin; ULARDAN oldin telefonni o'chirmaslik;
18) OTA-ONA bilan telefonda so'zlashganda ham o'rnidan turib muloqot qilinadi;
19) OTA-ONAGA telefonda so'zlashganda ham birinchi bo'lib salom beriladi;
20) OTA-ONAGA telefon qilganda, ULAR so'rashlaridan oldin o'zining kimligini aytib tanishtiriladi;
21) telefon qilganda ULARNING vaqtlarini olmayotganligini so'rab, uzr so'rashlik;
22) OTA-ONAGA gudok tashlanmaydi;
23) agar ULAR shunday qilgan bo'lishsa, darhol ULARGA qayta telefon qilinadi;
24) OTA-ONA bilan telefon orqali gaplashganda OTA-ONANING ruxsatlarisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;
25) OTA-ONA bilan telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, ULARGA birinchi bo'lib o'zimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;
26) telefonda gaplashib turgan paytda mabodo OTA-ONA telefon qilib qolsalar, so'zlashib turgan odamni ogohlantirib, darhol OTA-ONAGA javob beriladi;
27) OTA-ONANING shaxsiy ma'lumotlari va OTA-ONADAN kelgan barcha ma'lumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so'zlari, sms va hokazo)larini O'ZLARINING ruxsatlarisiz boshqalarga ko'rsatilmaydi, berilmaydi va yuborilmaydi;
28) OTA-ONANING O'ZLARIGA ham OTA-ONANING ruxsatlarisiz turli xil ma'lumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so'zlar, sms va hokazo)lar yuborilmaydi; tabriknomalar – mustasno;
29) OTA-ONAGA ayniqsa tarbiyaviy ahamiyatga ega, ilm-fanlarga doir, ta'limga taalluqli bo'lgan har qanday narsalar yuborilmaydi OTA-ONANING ruxsatlarisiz;
30) OTA-ONA bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun O'ZLARINING roziliklari olinadi; agar ruxsat bermasalar, yozib olmaslik; chunki O'ZLARINING ruxsatlarisiz OTA-ONANING gaplarini yozib olib, boshqalarga tarqatish — juda katta xiyonat va ulkan gunoh hisoblanadi;
31) OTA-ONA bilan birga surat yo videoga tushmoqchi bo'lganda, oldin O'ZLARIDAN izn so'rab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga tushmaslik;
32) OTA-ONANI surat yo videoga olmoqchi bo'lganda ham, oldin O'ZLARIDAN izn so'rab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga olmaslik;
33) telefon orqali ko'rishib gaplashish uchun OTA-ONANING roziliklarini olishda ULARGA gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qo'yish;
34) agar OTA-ONA tomonlaridan telefon orqali ko'rishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bo'lmaslik;
35) agar OTA-ONA bilan telefon orqali ko'rib gaplashish zaruriyati bo'lsagina, shunda ham faqat ULARNING ijozatlari bilangina ko'rishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;
36) agar OTA-ONA tomonlaridan telefon orqali ko'rishib gaplashishga xohish bildirilmasa, OTA-ONADAN uzr so'raladi;
37) OTA-ONA bilan telefonsiz so'zlashganda, telefonni ovozini o'chirib qo'yiladi;
38) OTA-ONA bilan so'zlashib turganda, biror kishi telefon qilib qolsa, avvalo OTA-ONADAN ruxsat so'rash; agar OTA-ONA ruxsat bersalargina telefonga javob qaytariladi;
39) OTA-ONAGA begona raqamdan telefon qilganda, vaqtni olmasdan darrov ochiq-oydin va aniq o'zini tanishtirish lozim;
40) boshqa odam OTA-ONAMIZ raqamlarini so'rasa, OTA-ONANING ruxsatlarisiz berilmaydi;
41) OTA-ONAGA telefon qilganda, ikkinchi liniyadan tushib qolgan odam bitta chaqiriqdan keyin aloqani darhol uzish lozim. ULARGA kim qidirayotganini anglash uchun shu kifoya. Uzluksiz chaqiriqlar bilan suhbatlarini buzmaslik;
42) OTA-ONAGA qayta-qayta qo'ng'iroq qilavermaslik lozim. Chunki qo'ng'iroqga javob berish — u tomonning huquqi, zinhor majburiyati emas;
43) OTA-ONA birorta ma'lumot-xabar (surat, yozuv, video)ni ko'rsatish uchun telefonlarini bersalar, faqat o'sha ma'lumot-xabar (surat, yozuv, video)ni ko'rish bilangina cheklanish lozim. Boshqa joylariga o'tib ketishga xaqqimiz yo'q!;
44) agar OTA-ONA telefonlarida nimadir ko'rayotgan yoki izlayotgan bo'lsalar, tikilib turmaslik kerak. OTA-ONANING telefonlariga ruxsatsiz qarash mumkin emas!;
45) gaplashishga nomunosib paytlar (masalan, azon aytilgandan keyin, kechaning yarmida yoki kunduzi dam olinadigan)da OTA-ONAGA qo'ng'iroq qilinmaydi;
46) OTA-ONA qo'ng'iroq qilgan vaqtda esa, qaysi payt va qanday holatda bo'lishimizdan qat'iy nazar, ULARGA xushmuomalalik bilan darhol va tezkor javob berish zarur;
47) OTA-ONA bilan telefon orqali suhbatlashayotganda, demak, OTA-ONA ma'lum bir vaqtlarini maxsus biz uchun alohida ajratayotganliklarini, biz ULARNING vaqtlarini olayotganimizni, OTA-ONA O'Z ishlarini qo'yib, xayollari biz bilan band bo'lib turganlarini his etib, behuda gaplar bilan ULARNING vaqtlarini behuda o'tkazmaslik lozim;
48) OTA-ONA bilan agar biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi bo'lganda, avval O'ZLARIDAN ruxsat so'raladi. Agar ruxsat bersalar, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki ULAR bemalol gaplashadigan holatda bo'lmasliklari ham mumkin;
49) har bir bayramlarda, OTA-ONANING xursandchilik kunlarida ULARNING ko'ngillarini ko'taradigan tilak, rasm, video, xabar, ovozli gap-so'zlar, sms va hokazolarni muntazam yuborish lozim;
50) biror sabablar bilan OTA-ONADAN yiroqda bo'lib turgan inson har kuni ertalab-kechqurun o'qish-ishga ketishdan oldin hamda o'qish-ishdan kelgandan keyin OTA-ONASIGA telefon qilib, “Hayrli kun!”, ”Hayrli tun!” tilab, haqlariga chiroyli, yaxshi duolar qilib, ULARNING hol-ahvollarini so'rab, “Menga nima xizmatlar buyurasiz?” deb, aytgan xizmatlarini ado etib, ULARNING betakror, bebaho va beqiyos duolarini olish lozim.
Ibrohimjon domla Inomov
Hanafiy mazhabimizda «ishorai sabboba» sunnat amal xisoblanadi. U to‘g‘risida bir necha hadisu shariflar vorid bo‘lib, quyidagi manbalarda u to‘g‘risida va qanday qilinishi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Abu Lays Samarqandiy “Navozil”, Kamoliddin Ibnu Humom “Fathul qodir”, Alloma Alouddiyn Kosoniy “Badoi’us Sanoiy”, Ibn Obidiyn “Raddul muxtor”, Abdulhay Laknaviy “Umdatur ri'oya”, “E’lo’us sunan” kabi mo‘tabar manbalarda ham sunnat ekanligi zikr qilingan. Bu haqida Aliy Qoriy ikkita “Tazyinul ibora tahsinul ishora” va “At-tadhiynu lit tazayyun”, Hofiz Ibn Hajar “Talhisul hobir”, Ibn Obidiyn “Raf’ ul taraddud” nomli bir qator risolalarda ham yozib o‘tganlar.
Imom Termiziy Abu Humayddan rivoyat qiladilar: “O‘ng kaftlarini o‘ng tizzalariga, chap kaftlarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilar edilar”.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda, ya’ni tashahhudga o‘tirsalar o‘ng qo‘llarini o‘ng tizzalarini ustiga chap qo‘llarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib ko‘rsatkich barmoqlarini ko‘tarib ishora qilardilar. Chap qo‘llari tizzalarini ustida turar edi”. Ushbu hadisga sahobalar, tobe’inlar amal qilib, tashahhudda ishorani ixtiyor qildilar. Ahmad Nofi’dan rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo namozda tashahhudga o‘ltirsalar ikki qo‘llarini ikki tizzalariga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilib, ishora qilgan barmoqlariga qarab turar edilar, so‘ng Rasululloh sallalohualayhi vasallam: “Barmoq bilan ishora qilish shaytonga temirdan ham shiddatliroq”, derdilar.
Aliy Qoriy “Tazyinul ibora tahsinul ishora” kitoblarida ushbu hadisni sharhlab aytadilarki, “Barmoq bilan ishora qilish urushda temir qurolni ishlatishdan ham qiyinroqdir, go‘yo tavhidga ishora qilish bilan shayton mo‘min bandani adashtirishi, shirkka olib borishdan bo‘lgan umidini kesadi”.
Imom Suyutiy “Jome’ul kabir” kitoblarida Uqba ibn Omirdan rivoyat qiladilar: “Kishi namozida ishora qiladigan har bir ishorasiga o‘nta hasanot yoziladi”, dedilar.
Ibn Obidiyn “Raf’ul taraddud” nomli kitoblaridagi «ishorai sabboba» haqida vorid bo‘lgan hadislar, olti sahih kitoblarning hammasida zikr qilingan. U hadislarni hattoki, ma’naviy mutovotir deyish durust bo‘ladi deganlar.
«Ishorai sabboba» qilish borasida sahobalar, ularga ergashgan tobe’inlar ixtilof qilmadilar. Imom Abu Hanifa va u zotning ikki shogirdlari Imom Abu Yusuf va Imom Muhammmad, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal hamda mutaqaddim ulamolar «ishorai sabboba» sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «ishorai sabboba»ni tashahhudga o‘tirganda, duoni o‘qib “Ashhadu anna...” deganda namozxon o‘ng qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘taradi, “illalloh” deganda tushiradi. Tashahhud duosini avvalidan qo‘lni qimirlatib turish durust emas. Shuni takidlash lozimki, «ishorai sabboba» rivoyatlaridan bexabar bo‘lib, bu amalni qilmagan namozxonni aslo malomat qilinmaydi.
Namangan shahar "Mulla Bozor Oxund" jome masjidi
imom noibi Anvarxon Akramov
Manba: @Softalimotlar