Jumodul avval oyining navbatdagi haftasida ro‘y bergan diniy-ma’rifiy sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishing!
00:00 Anons
00:51 O‘zbekistonning bag‘rikenglikda boshqa davlatlarga namuna ekani e’tirof etildi
01:35 Muftiy hazrat talabalar bilan dildan suhbat qildilar
02:16 Poytaxtda o‘tkazilgan amaliy tadbirlar aholi uchun manfaatli bo‘ldi
03:29 Masjidning yangi binosiga ilk g‘isht qo‘yildi
03:58 Samarqand va Qashqadaryo imomlarining malakasi oshirildi
04:43 Namanganda diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
05:19 Imom Dorimiy merosiga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari taqdirlandi
05:37 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat
06:13 Muftiy hazratlari bugun "Abdulloh ibn Huzofa” masjidiga bordilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Jumadan_jumagacha
Bir o‘smir “ulg‘ayib, boy bo‘lsam hammaga yordam beraman” deb yurar edi. U boylik bo‘lsagina odamlarga yordam berish mumkin, degan fikrda ekan, bir kuni Payg‘ambar alayhissalomning bir xurmoni yarmini sadaqa qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlanish lozimligi haqidagi hadisini eshitib qoldi. Bir kichik xurmoning yarmi qancha bo‘lardi, deb tasavvur qilolmadi.
Ertasiga ko‘chaga chiqish oldidan bir xurmoni cho‘ntagiga solib oldi. Yo‘l bo‘yda tilanib turgan otaxonning yonidan o‘tarkan, cho‘ntagiga qo‘lini tiqib, beixtiyor kechagi hadisni esladi. Xurmoni olib, yarmini otaxonga uzatdi. Shunda otaxonning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. O‘smir yigit o‘yladiki, “hatto ko‘p pul berilsa ham bu qadar xursand bo‘lmasdi”, deb o‘yladi. Qilgan ishidan o‘ziyam shodlandi. Angladiki, otaxon o‘ziga berilgan narsaning qiymatidan emas, o‘ziga berilgan e’tibor va baham ko‘rishdan nihoyatda shodlangandi.
Yigitcha bu ishidan keyin yuqoridagi hadisning hikmatini tushunib ketdi. Endi u bir ko‘ngilni obod qilish uchun boy bo‘lishni kutib yurmaslik kerakligini bildi. Zero, ko‘ngil Xudoning nazargohidir. Uni quvontirgan kishini Alloh quvontirishi shubhasizdir.
Akbarshoh Rasulov