Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yigitlik yoshlarini qarshilashlari bilan rizq yo‘lida harakat qila boshladilar. U zot keyinchalik o‘zlari haqida bunday deganlar: “Men Makka ahlining qo‘ylarini arzimagan chaqalar evaziga boqib berardim”.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning rizq va ozuqa topish maqsadida cho‘ponliq qilishlarida uchta muhim ibrat bor:
1) U zotning amakilari Abu Tolib juda ham mehribon va g‘amxo‘r edi. Lekin, Rasululloh alayhissalom imkonlari yetganicha amakilariga ko‘maklashar edilar. Garchi topayotgan foydalari amakilarinikiga nisbatan juda oz bo‘lsa ham, bu narsada tashakkur bildirish, imkon qadar yordamlashish va go‘zal munosabat bor edi.
2) Alloh taoloning ilohiy hikmati bizga: inson o‘z qo‘li bilan kasb qilib topgan narsalari eng totli va lazzatli ekanini bildirmoqda. Eng qadrsiz va yomon narsa esa qiyinchilik va mashaqqatsiz topilgan mol-dunyo ekaniga ishora qilmoqda.
3) Agar insonlarni to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi nasihat qilishi ortidan insonlarning qo‘liga qarab qolsa, uning eslatmalari hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir insonning qasb-hunari bo‘lishi kerak. Shundagina insonlardan birortasi unga na minnat qiladi va na uning tilini qisa oladi.
Soliyev Elyorbek Muhammad Muso o‘g‘li,
“Fayzullaxo‘ja o‘g‘li Murodxoji” jome masjidi imom-noibi.
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.